Endilikda foydalanuvçilar Korzinka mahsulotlarini, şu jumladan, “365 kun” va “Iz Korzinki” xususiy savdo belgilari ostidagi tovarlarni Market Yandex Go platformasining alohida dökonidan topişlari mumkin. Ayni paytda xaridorlarga oziq-ovqat, maişiy kimyo, gigiyena vositalari va boşqa kundalik ehtiyoj tovarlari taqdim etilgan. Kelgusida assortiment kengayib boradi va xaridorlar uçun birlamçi ehtiyoj tovarlari, masalan, şakar, un, yoğ, yormalar, makaron mahsulotlari ham mavjud böladi.

Korzinka mahsulotlarini Market Yandex Go platformasidagi boşqa mahsulotlarga qöşib sotib oliş mumkin – hammasi bitta buyurtmada rasmiylaştiriladi. Xaridorlar uni eng yaqin buyurtmalarni topşiriş punktidan mustaqil ravişda olib ketişi yoki töğridan töğri eşikkaça kurer orqali yetkazma rasmiylaştirişi mumkin.

Hamkorlik riteylerning öz onlayn savdosini oşirişga yordam berib, Korzinka tarmoğiga Market Yandex Go logistika infratuzilmasidan foydalangan holda auditoriya qamrovini kengaytiriş, yangi elektron tijorat formatlarini sinovdan ötkaziş va butun mamlakat böylab tovarlarni yetkazib beriş imkoniyatini taqdim etadi.

“Market Yandex Go bilan hamkorlikni yölga qöygan holda, biz hali Korzinka tarmoğining öz yetkazib beriş xizmati faoliyat yuritmaydigan hududlardagi xaridorlarga mahsulotlarimizdan foydalaniş imkoniyatini yaratamiz. Biz butun mamlakat böylab mijozlarga yaqinroq bölişga va ularga sevimli mahsulotlarini özlari uçun qulay formatda sotib oliş imkoniyatini taqdim etişga intilamiz”, — deb ta’kidladi Korzinka biznes loyiha menejeri Şerzod Hoşimov.

Hozirda Market Yandex Go Özbekistonning barça hududlarini qamrab olgan bölib, butun mamlakat böylab 350 ta BTP iş yuritmoqda, kurer orqali yetkazib beriş xizmatidan esa har kuni millionlab kişilar foydalanib kelmoqda.

“Ayni paytda Market Yandex Go nafaqat şunçaki onlayn platforma, balki Özbekistonning eng yirik brendlari uçun texnologik hamkor hamdir. Biz bizneslarga butun mamlakat böylab onlayn savdo kanallarini rivojlantiriş va özini tanitişga yordam beramiz. Ilk taşqi onlayn maydonça sifatida Korzinka aynan bizni tanlaganidan ğoyatda mamnunmiz