Iqtisodiyot | 00:01 / 16.11.2025
3645
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi Yandex yashirin soliq imtiyozi olgani to‘g‘risidagi xabar bo‘yicha izoh berdi

Qayd etilishicha, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan top 20 korxona ro‘yxatida “YandexGo UB” MChJ ham bor.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yandex yashirin soliq imtiyozi oldimi?” mazmunidagi xabar tarqaldi. Soliq qo‘mitasi ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan top 20 korxona ro‘yxatida “YandexGo UB” MChJ ham bor.

“Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi ushbu korxonaning shu yilda 9 oylik daromadi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45,5 foizga oshgan. Biroq MChJ tomonidan “M market” marketpleysini mahalliy bozorga kiritilishi hisobiga asosiy xarajatlari ko‘paygan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Soliq qo‘mitasining bildirishicha, bu korxona taqdim etgan soliq hisobotlari tahliliga ko‘ra, joriy yilgi xarajatlarning daromaddagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51,1 foizga ortgan degani.

Natijada 2024 yil 9 oyiga nisbatan jami soliq tushumlari 14,3 milliard so‘mga, shundan foyda solig‘i bo‘yicha tushumlari 24,1 milliard so‘mga kamaygan.

Mavzuga oid