Ekin yerlarida suv ta’minotini yaxşilaş uçun kelasi yil Boyovutda siğimi 100 million kub metr bölgan «Sultonhovuz» suv omborining qurilişi boşlanadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga 2 marta hosil oliş imkoniyati yaratiladi.

Prezident yerlarning meliorativ holatini saqlab turiş uçun viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqiçma-bosqiç tozalaş vazifasini qöydi.

Qayd qilinişiça, viloyatdagi 200 ming gektarga yaqin ekin yerlari kuçli va örta darajada şörlangan. Şörlangan yerlarni soğlomlaştiriş böyiça pilot loyihani Sirdaryoda sinovdan ötkazib, natijasiga qarab, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça uç yillik dastur işlab çiqiş topşirildi.

Mutasaddilarga suv hisobini yuritiş böyiça Sirdaryoni namunali hududga aylantiriş kerakligi körsatib ötildi.