2025 yil 4 dekabr kuni soat 09:00 holatiga köra atmosfera havosi ifloslanişi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga binoan, Toşkent şahri havosidagi körsatkiçlar quyidagiça qayd etildi:

  • RM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori – 124 mkg/m³, bu ruxsat etilgan me’yor (ReM – 300 mkg/m³) doirasida;
  • RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori – 64 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan me’yordan (60 mkg/m³) 1,1 marta oşgan.

Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning oşişiga haroratning keskin özgarişi ham ta’sir körsatgan. Bunday holatda inversiya jarayoni yuzaga kelib, mayda zarraçalar past qatlamda töplanib qolişi va atmosfera havosida ularning konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi.

RM2,5 nima özi?

RM2,5 – diametri 2,5 mikrometrgaça bölgan juda mayda çang zarraçalaridir. Ular inson soçining qalinligidan taxminan 25 marta kiçik, şuning uçun nafas yöllari orqali osonlikça öpkaga, hatto qon tomirlarigaça kirib borişi mumkin.

Qayerdan hosil böladi?

Asosiy manbalar:

  • avtomobil dvigatellari taşlamalari (ayniqsa, dizel);
  • sanoat korxonalari, issiqxonalar va issiqlik elektr stansiyalaridan çiqadigan tutun;
  • kömir mahsulotlari;
  • uy isitiş peçkalari, filtrsiz qozonlar;
  • quriliş işlari, oçiq yonğinlar va h.k.

Nima uçun xavfli?

RM2,5 uzoq muddat yuqori bölsa, u:

yurak-qon tomir kasalliklari;
nafas yöllari (bronxit, astma, öpka kasalliklari);
boş oğriği, xolsizlik, bolalarda nafas qisişi kabi muammolar xavfini oşiradi. 

Şuning uçun RM2,5 körsatkiçi me’yordan oşganda havo ifloslanişi darajasi jiddiy hisoblanadi.