Mundialda debyut qiladigan Özbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy oldi. Italiyalik mutaxassisga köra, jahon çempionatida raqib tanlaşning özi ma’nosiz, çunki bu turnirda har bir jamoa kuçli.
«Bu — jahon çempionati, bu yerda qur’ada kim tuşişiga qarab şikoyat qiliş mumkin emas. Portugaliya ham, Kolumbiya ham juda jiddiy raqiblar. Futbolçilarimiz uçun bu bellaşuvlar katta hayajon va qimmatli tajriba böladi», — deya ta’kidladi Kannavaro.
Uning sözlariga köra, asosiy maqsad — iştirokning özi bilan kifoyalanmasdan, har bir öyinda bor kuç bilan maydonga tuşiş va guruh bosqiçi oxirigaça kuraşiş: «Mundialda bölayotganimizdan juda mamnunmiz. Endi eng muhimi — tayyorgarlikni töğri olib boriş va oxirigaça kuraşiş», — dedi murabbiy.









