Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruğiga muvofiq, oliy, örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda öquvçilarining joriy öquv yili uçun qişki ta’til muddati belgilandi.
Unga köra, qişki ta’til 2025 yil 28 dekabrdan boşlanib, 2026 yil 10 yanvariga qadar (şu kuni ham) davom etadi.
Ta’kidlanişiça, talaba va öquvçilarning qişki ta’til davrida doimiy yaşaş hududlariga (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga) borib-kelişini qulaylaştiriş maqsadida Transport vazirligi, “Özbekiston temir yöllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qöşimça imkoniyatlar yaratiladi.
Jumladan, 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvariga qadar (şu kuni ham) talabalar va öquvçilar uçun 50 foiz çegirma asosida yöl çiptalari sotuvi yölga qöyiladi.








