Hujjatga köra, davlat ijtimoiy suğurtasi quyidagi suğurta hodisalari yuzaga kelganda amal qiladi:

  • kasallik munosabati bilan vaqtinça mehnatga layoqatsizlik;
  • homiladorlik va tuğuruq;
  • iş yoki daromadni yöqotiş.

Uşbu holatlar röy bergan taqdirda suğurtalangan şaxslarga va (yoki) ularning oila a’zolariga davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça quyidagi tölovlar amalga oşiriladi:

  • vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
  • homiladorlik va tuğuruq nafaqasi;
  • işdan böşatiş nafaqasi.

Qonunda suğurta badali suğurtalangan şaxs uçun jamğarmaga amalga oşiriladigan ajratma yoki tölov sifatida belgilangan. Davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça tölovlarni oliş huquqi esa aynan şu suğurta badallarining tölanişiga qarab yuzaga keladi.

Davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça tölovlar qonunçilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tegişli davrlar uçun tayinlanişi közda tutilgan bölib, yangi qonun fuqarolarning kasallik, homiladorlik yoki işdan ayrilgan paytdagi ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan.