Nizomga köra, suğurta hodisalari böyiça tölovlar bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Xususan, 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik va tuğiş nafaqasi, 2026 yil 1 iyuldan esa vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tölanadi.

Hujjatda tölovlarni oliş huquqi qaysi davrlarda yuzaga kelişi aniqlaştirilgan. Jumladan, suğurtalangan şaxs iş beruvçi bilan mehnat munosabatlarida bölgan paytda, fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega şartnomalar asosida xizmat körsatayotgan davrda yoki qonunçilikda belgilangan tartibda boşqa rasmiy faoliyat bilan band bölgan vaqtida suğurta hodisasi röy bersa, tölovlar tayinlanişi mumkin.

Nizomda suğurta staji böyiça ham talablar belgilangan. Homiladorlik va tuğiş nafaqasini oliş uçun kamida 10 oy, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasini oliş uçun kamida 6 oy suğurta staji mavjud bölişi şart.

Qayd etilişiça, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnatga layoqatsizlik varaqasida körsatilgan barça davr uçun tölanadi, biroq 1 kalendar yilda 182 kalendar kundan oşmagan qismi uçun amalga oşiriladi.

Şuningdek, homiladorlik va tuğiş nafaqasi miqdorini hisoblaşda suğurta stajiga mutanosib ravişda örtaça oylik iş haqiga staj koeffitsiyenti qöllanadi: 10–24 oy uçun 75 foiz, 25–60 oy uçun 85 foiz, 61 oy va undan ortiq suğurta staji uçun 100 foiz.

Nizomga muvofiq, suğurtalangan şaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça tölovlarni tölaş moliyaviy agent tomonidan amalga oşiriladi.