Olloyorov ma’lumotiga köra, 2024 yilda mamlakatda 900 mingdan ortiq tuğuruq qayd etilgan, poliklinikalarda ayollarga 133 ming tuğuruq varaqasi oçilgan. Şuning 115 mingdan ortiği budjet taşkilotlari, 15 mingdan ortiği esa xususiy sektor xodimlariga töğri kelgan. Vaholanki, xususiy sektorda har yili 150–160 ming ayol farzand köradi.

2026 yildan xususiy sektorda işlayotgan ayollar Ijtimoiy suğurta jamğarmasidan nafaqa oliş huquqiga ega böladi. Nafaqa miqdori xodimning iş staji, daromadi va iş beruvçi tomonidan tölanadigan ijtimoiy soliqqa qarab belgilanadi.

Xususiy sektorning yollanma xodimlari kasal bölib qolgan taqdirda daromadini suğurta orqali saqlab qoliş imkoniyatiga ega böladi. Taqdim etilgan sxemaga köra:

  • ilk 2 kun — xodimning özi hisobidan (kasallik varaqasisiz);
  • keyingi 5 kun — iş beruvçi hisobidan;
  • 6-kundan 26 haftagaça — Ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan.

Har yili örtaça 1,6–1,7 mln kasallik varaqasi rasmiylaştiriladi (taqriban 1,2–1,3 mln xodim). Şularning 650 ming nafari budjet tizimi vakillari, qolgani — xususiy sektor xodimlari. Yangiliklar mehnat bozorida rasmiy bandlikni rağbatlantiriş, tadbirkor va xodim manfaatlarini muvozanatlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.