Sönggi ön ikki oy içida dunyoda öz kasbiy vazifalarini bajarayotgan 67 nafar jurnalist öldirilgan. Çegara bilmas muxbirlar (RSF) inson huquqlari taşkiloti 9 dekabr kuni e’lon qilgan matbuot erkinligi böyiça yillik hisobotida ta’kidlaganidek, halok bölganlarning aksariyati uruşlar yoki jinoiy tarmoqlar qurboni bölgan.

2024 yil 1 dekabrdan 2025 yil 1 dekabrgaça öldirilgan jurnalistlar soni ötgan yilga nisbatan deyarli özgarmadi.

Halok bölgan 67 kişidan 53 nafari qurolli töqnaşuvlar yoki jinoiy mojarolar paytida öldirilgan.

Eng xavfli mintaqa Ğazo sektori bölib qolmoqda, u yerda 29 nafar jurnalist halok böldi. Keyingi örinlarda 9 nafar OAV vakili öldirilgan Meksika, şuningdek, jurnalistlar faoliyati yuqori xavf ostida bölgan Ukraina, Sudan va Suriya bormoqda.

Hisobotga köra, hozir 62 mamlakatda 503 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda. Eng köp - Xitoyda (121), keyin Rossiya (48), Myanma (47), Belarus (33), Vetnam (28) va Ozarboyjon (25).

Rossiya, şuningdek, eng köp hibsga olingan xorijiy jurnalistlar mamlakatiga aylandi - u yerda 26 nafar ukrainalik muxbir uşlab turilibdi. Isroilda 20 nafar falastinlik jurnalist hibsga olingan.

Bundan taşqari, butun dunyo böylab 135 nafar OAV xodimi bedarak yöqolgan, ularning aksariyati önlab yillar davomida dom-daraksiz qolmoqda.

Bunday holatlarning eng köpi Yaqin Şarq va Lotin Amerikasi mamlakatlarida, ayniqsa, Suriyada qayd etilgan bölib, u yerda hokimiyatdan ağdarilgan Başar Asad tuzumi davrida önlab jurnalistlar ğoyib bölgan va ular hanuz topilmagan.

RSF Germaniya bölimi ijroçi direktori Anya Osterxausning ta’kidlaşiça, «öldirilgan jurnalistlar sonining köpligi dahşatga soladi» va bu «armiyalar, harbiylaştirilgan guruhlar va jinoiy tarmoqlar tomonidan muntazam ravişda sodir etilgan zöravonlik» oqibatidir.

Uning ta’kidlaşiça, jurnalistning har bir ölimi yoki hibsga olinişi hatto demokratik davlatlar uçun ham ogohlantirişdir. «Jurnalistlarga hujum qilgan kişi barçamizni erkin axborot oliş huquqidan mahrum qiladi», dedi Osterxaus.

U barça mamlakatlar hukumatlarini ommaviy axborot vositalari xodimlarini himoya qiliş uçun ta’sirçan çoralar körişga çaqirdi. «Voqealarni tanqidiy yoritayotganlar öz erkinligi yoki hayoti uçun qörqişga majbur bölganda, butun dunyodagi demokratiya xavf ostida qoladi», deb ta’kidladi huquq himoyaçisi.