9 dekabr kuni Xitoyda poraxörlikda ayblanib sudlangan China Huarong International Holdings Limited kompaniyasining sobiq boş direktori Bay Tyanxuey qatl etildi. Bu haqda davlat «Sinxua» agentligi xabar berdi. Hukm Oliy xalq sudi (OXS) tomonidan ma’qullanganidan söng, qatl amalga oşirildi.
Tyanjin şahri oraliq sudining 2024 yil may oyida çiqargan hukmiga köra, Bay umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qiliş, barça şaxsiy mol-mulkini musodara qiliş va barça noqonuniy daromadlarni davlat ğaznasiga qaytariş şarti bilan ölim jazosiga hukm qilingan edi.
Bay hukm ustidan şikoyat qildi, ammo 2025 yil fevral oyida uning apellyatsiyasi Tyanjin Oliy xalq sudi tomonidan rad etildi.
OXS işni körib çiqib, Bay 2014 yildan 2018 yilgaça bölgan davrda özining turli lavozimlaridan loyihalarni sotib oliş va korporativ moliyalaştiriş kabi masalalarda boşqalarga yordam beriş uçun foydalanib, jami 1,108 milliard yuan (taxminan 157 million AQŞ dollari) miqdorida pora olganini aniqladi.
Odatda Xitoyda poraxörlik jinoyatini sodir qilgan amaldorlar darhol qatl etilmaydi, balki 2 yil sinov muddati bilan qamoqxonaga joylaştiriladi. Agar şu vaqt içida qoidabuzarlik sodir etmasa, jazo avtomatik ravişda umrbod qamoqqa almaştiriladi.
Biroq, OXS Bay tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni öta oğir deb topdi, çunki poralarning umumiy miqdori juda katta va holatlar ayniqsa oğir edi. Sud hukmiga köra, bu jinoyatlar öta salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelgan va davlat bilan xalq manfaatlariga katta zarar yetkazgan.
Ta’kidlanişiça, qatl oldidan Bayga yaqin qarindoşlari bilan uçraşişga ruxsat berilgan.
Xitoy ölim jazosi keng qöllaniladigan kam sonli davlatlardan biri bölib qolmoqda. Korrupsiyadan taşqari, oliy jazo qotillik, giyohvand moddalar savdosi va boşqa bir qator oğir jinoyatlar uçun qöllaniladi. Şu bilan birga, qatllar statistikasi davlat siri hisoblanadi.












