Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

2026 yilda 200 million dollarga 800 ta paxta teriş maşinasi xarid qilinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni paxtaçilik va ğallaçilikni moliyalaştirişni samarali taşkil etiş hamda agrar sohada subsidiyalar ajratiş yangi tizimi yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Kelgusi yilda paxta va ğalla hosili, subsidiya va boşqa xarajatlarga jami 34,2 trillion söm ajratiş rejalaştirilgani, qöşimça 200 million dollar mablağ jalb qilib, 800 ta paxta teriş maşinasi xarid qilinişi ma’lum qilindi. Bu borada joriy qilinişi taklif etilayotgan yangi qöllab-quvvatlaş mexanizmlari körib çiqildi.

Jumladan, 2026 yilda agrotexnik tadbirlar, şu jumladan plyonka va egiluvçan quvurlar uçun qöşimça 5 trillion söm ajratiş taklif qilindi. Şuningdek, öz mablaği hisobidan buğdoy yetiştirgan fermerlarga 10 foiz subsidiya ajratiş taşabbusi bildirildi.

Oğir vaznli transport harakatini mavsumiy çeklaş tartibi işlab çiqiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni avtomobil yöllari sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda sohada mavjud muammolarni hal etiş yuzasidan taklif va rejalar taqdim qilindi. Avvalo, mavjud umumiy foydalanişdagi va içki yöllar hamda köpriklarni ta’mirlaş, yangilarini barpo etişda ilğor tajriba va jahonda özini oqlagan texnologiyalardan foydalaniş sustligi körsatib ötildi.

Oğirligi me’yordan ortiq yuk avtomaşinalarining harakatlangani oqibatida 1800 kilometr yöl ta’mirtalab holga kelib qolgani körsatib ötildi. Şu munosabat bilan yuk transporti vaznini nazorat qiliş uçun ölçov tarozilari tarmoğini kengaytiriş zarurligi qayd etildi. Hozirda 9 ta şunday tarozi örnatilgan, 8 tasini örnatiş işlari davom etmoqda. Kelgusida yana 35 ta köçma va statsionar nazorat-ölçov maskanini barpo etişga topşiriq berildi.

Piskentda köplab daraxtlar kesilib, yaşil hudud yöq qilingani aytilmoqda

Toşkent viloyati Piskent tumanidagi Toşkent dengiziga yaqin hududda köplab daraxtlar kesib taşlanib, har yoqqa taşlab ketilgani haqda Kun.uz'ga videomurojaat kelib tuşdi.

Qayd etilişiça, tasvirlar 7 dekabr kuni olingan. Unda daraxtlar köp yillik ekani, uning şox va tönkalari har yerga taşlab ketilgani körinadi.

Daraxtlar nima sabab bilan kesilgani ma’lum emas. Kun.uz bu boradagi sörovini yaqindagina hukumat tarkibidan çiqarilib, vazirlik negizida taşkil qilingan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasiga yubordi.

Telegram’da profilni nusxalab, qarz söraş bilan boğliq firibgarlik köpaymoqda

Özbekistonda şu kunlarda Telegram orqali yangi turdagi firibgarlik ommalaşmoqda. Bu oçiq guruhlardagi biror şaxs profilini soxtalaştiriş orqali öşa guruhdagi boşqa şaxslardan qarz söraş bilan boğliq. Bu aldovga esa köplar çuv tuşmoqda.

Firibgarlar ba’zi guruhlardagi şaxs nomidan soxta profil oçib, profil rasmi, ism-familiya, username, bio va boşqa elementlar firibgar tomonidan aynan bir xil şaklda qayta yaratadi. Söngra guruh a’zolariga qarz sörab yoza boşlaydi. Va kimdir bu tuzoqqa ilinişi mumkin.

Şuning uçun biror tanişingiz Telegram orqali yozib, sizdan qarz sörasa, unga darhol pul berişga şoşilmang. Sababi sizga yozayotgan şaxs aslida firibgar bölişi mumkin. Unga qönğiroq qilib, holatni aniqlaştiring.

Humans va Paylov kartalardagi pullarning ğoyib bölişida bir-birini aybladi

Humans ruxsatsiz pul yeçişlar Paylov xizmatidagi zaiflik tufayli sodir bölganini ma’lum qildi. Öz navbatida Paylov barça frod operatsiyalari Humansʼga berilgan şifrlangan kalitlardan foydalanilgan holda amalga oşirilganini bildiryapti. Markaziy bank barça şubhali tranzaksiyalar sinçiklab örganilayotganini ma’lum qildi.

Kun.uz Humans mobil ilovasiga ulangan kartalardan ommaviy ravişda tasdiq SMS-kodisiz pul yeçib olingani haqida xabar bergandi. Tranzaksiya PL HUMANS P2P nomi ostida amalga oşirilgan. Şundan söng Markaziy bank ehtimoliy zaiflikni bartaraf etiş maqsadida Humans bilan boğliq pul ötkazmalari amaliyotlari töxtatilgani va barça şubhali tranzaksiyalar sinçiklab örganilayotganini ma’lum qildi.