Davlat rahbari nufuzli mukofotni topshirar ekan, bu qaror Hindiston bosh vazirining ikki xalq oʻrtasidagi azaliy doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga qoʻshayotgan beqiyos hissasi uchun Oʻzbekiston xalqi va davlatining yuksak ehtiromi ifodasi ekanini taʼkidladi.

«Umumiy intilish va harakatlarimiz bilan koʻp qirrali va uzoq muddatli aloqalarimiz kelgusida ham jadal rivojlanib borishiga aminman», deya prezidentning soʻzlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati.

2026-08-30 14.42.46

Maʼlum qilinishicha, ushbu tarixiy tashrif va oʻtkazilgan sermahsul muzokaralar natijasida doʻst mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga erishildi.

Shuningdek, birgalikdagi saʼy-harakatlar natijasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi aloqalar yangi sifat bosqichiga olib chiqilgani qayd etildi.

2026-08-30 14.43.03

Mazkur mukofot ikki xalq oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.