Nuraziz Ungboyev 18 yoşda. U dunyoning top-20 oliygohlari qatorida turadigan Çikago universitetiga töliq grant bilan qabul qilingan. Öqituvçilar oilasida katta bölgan Nuraziz Kun.uz muxbiri bilan suhbatda top universitetgaça bosib ötgan yöli, örta ta’limdan söng nima uçun bir yil tanaffus olgani va muvaffaqiyat siri haqida gapirib berdi.

Nuraziz Ungboyev matematika va informatika böyiça qator olimpiadalar sovrindori. U Robocontest.uz platformasi loyiha menejeri bölib ham işlagan. Nurazizning fikriça, undagi ilmga bölgan qiziqiş tasodif emas, balki oiladagi muhit mahsuli.

“Bizning uyimizda hamma – opalarim, onam ham ustoz. Dadam esa Özbekiston Milliy universitetida matematika fanidan dars beradi. Uyga kelganimda doim kimdir kitob öqiyotgan bölardi. Katta kutubxonamiz bor edi. Ana şu muhit ta’sirida 13 yoşimdan matematikaga qiziqa boşladim va olimpiadalar bilan jiddiy şuğullandim”, - deydi u.

Nuraziz maktabni bitirgaç, oliy ta’lim muassasasiga hujjat topşirmay, bir yil tayyorgarlik davri (gap year) olişga qaror qilganida yaqinlari va atrofidagilarning qattiq qarşiligiga duç kelgan.

“Bir yil gap year olganimda qarindoşlarimiz, örtoqlarim: ‘Nega bunday qilyapsan? Özbekistonda ham top universitetlar bor-ku, şu yerda öqişing mumkin’, degan gaplarni köp aytgan. Lekin özimga juda işonardim va top universitetga kirişimga işonçim komil edi. Şunçaki ularning gaplariga e’tibor bermadim. Fikrimni özgartirmaslik uçun ularning köziga kamroq körinişga harakat qildim”, - deydi Nuraziz.

Dunyoning nufuzli oliygohlari orasidan nega aynan Çikago universitetini tanlagani haqida gapirarkan, u oliy ta’limdagi eng muhim mezonlardan biri – talabaning qadriyatlari universitetniki bilan mos kelişi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikriça, köplab yoşlar universitet nomiga e’tibor qaratadi, biroq muvaffaqiyatning asosiy omili muhit va qadriyatlarning mosligidir.

“Top universitetlarda qadriyatlar va moslik degan tuşunçalar bor. Ya’ni sizning qadriyatlaringiz universitet qadriyatlari bilan mos kelişi kerak. Menga eng mos kelgani Çikago universiteti böldi. Sababi, ularning ilmga bölgan hurmati va e’tibori juda katta. Har bir talaba bilan suhbatlaşganingizda, asosan ilm-fan va tadqiqotlar haqida gaplaşasiz. Uşbu universitet bitiruvçilari orasidan 101 nafar Nobel mukofoti sovrindori yetişib çiqqan. Bu esa universitetning dunyodagi eng yetakçi oliygohlardan biri ekanini körsatadi.

Nobel mukofotini qölga kiritiş mening ham asosiy maqsadlarimdan biridir”, - dedi u.

Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi kanali orqali tomoşa qiliş mumkin.