Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar: TOP-10 davlat ro‘yxati
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng katta qismi Xitoy, Rossiya va Turkiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil 1 dekabr holatiga mamlakatda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni va ularning davlatlar kesimidagi taqsimotini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 4 228 tasi qo‘shma korxona, 13 672 tasi xorijiy korxona hisoblanadi. Shuningdek, mazkur turdagi korxonalar soni so‘nggi 5 yilda 1,9 barobarga oshgani bildirildi.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha top-10 davlat quyidagicha:
- Xitoy — 4 873 ta;
- Rossiya — 3 209 ta;
- Turkiya — 2 109 ta;
- Qozog‘iston — 1 199 ta;
- Janubiy Koreya — 691 ta;
- Afg‘oniston — 637 ta;
- BAA — 404 ta;
- Tojikiston — 386 ta;
- Hindiston — 364 ta;
- AQSh — 353 ta.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, ro‘yxatda birinchi uchlikni Xitoy, Rossiya va Turkiya egallagan bo‘lib, ushbu davlatlar hissasi O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning salmoqli qismini tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026