Dunyo miqyosida rejalashtirilgan shaharsozlikning eng ilg‘or namunasidan biri bo‘lgan Yangi Toshkentning birinchi topshiriladigan loyihalaridan biri bo‘lgan Sharq Bahori, shahar rivojining kelajakdagi o‘sish modeli uchun masshtablanuvchi andoza bo‘lib xizmat qiladi. Yangi Toshkentning eng yirik turar joy loyihasi — Sharq Bahori umumiy qurilish maydoni 1 800 000 kv. m bo‘lgan, 260 ta blokni o‘z ichiga oluvchi, 13 879 ta turar-joy va 1 121 ta tijorat obektlaridan iborat. Loyihani to‘liq o‘rab turgan bog‘lar va xiyobonlar tashkil etgan 100 000 m² yashil hudud «yashil shahar» g‘oyasini hayotga tatbiq etadi. Zamonaviy shaharsozlikning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan “15 daqiqalik shahar modeli” orqali Sharq Bahori aholisi markazda yashashning barcha afzalliklariga ega bo‘ladi.

Markaziy joylashuv: 15 daqiqalik shahar modeli
Sharq Bahori Yangi Toshkentning markazida joylashgani tufayli barcha asosiy funksiyalar atigi 15 daqiqa masofada:
100 m – Metro bekati
700 m – Vazirlik binolari
1,1 km – Banklar
1,8 km – Madaniyat hududi
3 km – Yangi ish markazi
3,5 km – Sog‘liqni saqlash markazi
8,4 km – Yangi Toshkent aeroporti
Sharq Bahoriʼning bog‘lar, bolalar o‘yingohlari, piyoda va veloyo‘laklar, yuqori sifatli maktablar va bolalar bog‘chalari, shuningdek xalqaro standartdagi tibbiyot muassasalari bilan o‘ralgan joylashuvi zamonaviy mahalla hayotining barcha qulayliklarini taqdim etadi. Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Webster universiteti kabi oliy ta’lim maskanlari, shuningdek Zaha Hadid tomonidan loyihalangan Alisher Navoiy musiqa markazi, Milliy teatr va Milliy kutubxona Sharq Bahori atrofida ta’lim, madaniyat va shahar hayotini bir butun zamonaviy majmuaga aylantiradi.

Zamonaviy arxitektura va an’ana uyg‘unligi
Loyiha o‘zbek an’anaviy arxitekturasiga xos naqsh, proporsiyalar va ritmlaridan ilhomlanib, zamonaviy dizayn yondashuvini taklif etadi. Bloklarning ichki hovlili tuzilishi xavfsiz yarim-xususiy hududlarni yaratib, mahalla konsepsiyasini mustahkamlovchi rivojlangan piyoda infratuzilmasi bilan uyg‘unlashadi.













