Yangi Toshkentda barpo etilgan musiqali favvora ikkita yoʻnalishda Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Xabar qilinishicha, u “Ochiq maydondagi eng baland musiqali favvora” deb eʼtirof etilgan - 232,69 metr. Avvalgi jahon rekordi 204,7 metrga teng edi.
Shuningdek, “Eng katta aylana shaklidagi suv ekraniga proyeksiya” - 2 617,23 kvadrat metr (avvalgi rekord 2 400 kvadrat metr) natija bilan yana bir rekord qayd etilgan.
Jahon rekordlari qayd etilgan sertifikatlarni Guinness World Records tashkilotining rasmiy hakami Meggi Luo topshirgan.










