Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasiga taşrif buyurdilar.
Bu yerda Ozarbayjon yetakçisiga Yangi Toşkent boş rejasi, quriliş işlarining borişi, şaharning transport va muhandislik infratuzilmasi hamda istiqboldagi rivojlaniş rejalari haqida taqdimot qilindi.

Yangi Toşkent 20 ming gektar maydonda barpo etilib, istiqbolda 2 million aholi yaşaşi uçun möljallangan. 2034-yilga qadar bu yerda 200 mingta xonadon qurilişi rejalaştirilgan.
Loyihaning 6 ming gektarni qamrab olgan birinçi bosqiçida zamonaviy turar joylar, ijtimoiy va biznes obyektlari, taʼlim va madaniyat maskanlari bunyod etilmoqda. Xususan, “Yangi Özbekiston” universiteti, Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti va boşqa oliy taʼlim muassasalarining kampuslari qurilmoqda.


Şaharni barpo etişda zamonaviy urbanistika, “yaşil şahar” va energiya samaradorligi tamoyillariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Muhandislik kommunikatsiyalarini yer ostida joylaştiriş, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalaniş, keng yaşil hududlar va jamoat makonlarini taşkil etiş közda tutilgan.
Transport infratuzilmasi ham yangi şaharning muhim tarkibiy qismi böladi. Yangi köpriklar, metro liniyasi, piyodalar va velosiped yölaklari Yangi Toşkentni poytaxtning mavjud hududlari bilan uzviy boğlaydi.
Şuningdek, şaharda davlat idoralari, ilmiy va madaniy markazlar, mehmonxonalar, servis hamda biznes majmualari barpo etiladi. Loyihaga mahalliy va xorijiy investorlar keng jalb qilinmoqda.
Prezident Ilhom Aliyevga Yangi Toşkentning maketi va rejalaştirilayotgan yirik obyektlar haqida maʼlumot berildi.

















