Raqobat qömitasining Toşkent viloyati hududiy boşqarmasiga öz vaqtida tölov amalga oşirilgan bölişiga qaramasdan, ayrim quruvçi taşkilotlar tomonidan belgilangan muddatda xonadonni topşiriş majburiyatlari bajarilmagani haqida murojaatlar tuşgan. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Şundan söng, ta’kidlanişiça, boşqarma tomonidan quriliş sohasidagi qonunbuziliş holatlari böyiça sud organlariga 32 nafar iste’molçi manfaatiga 11 mlrd sömdan ortiq mablağni undiriş haqida da’vo arizalari kiritilgan.
Natijada, “Glamur Gold”, “Transport Free Group”, “Lucky Technical”, “Broccoli Plus”, “Nur” korxonalariga nisbatan 16 iste’molçi foydasiga jami 6,7 mlrd söm miqdoridagi mablağni qaytariş töğrisida sud tomonidan hal qiluv qarori çiqarilgan.
Ta’kidlanişiça, ayni paytda qolgan iste’molçilarning buzilgan huquqlarini tiklaş yuzasidan sud işlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Qayd qilinişiça, “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, ijroçi tomonidan şartnomada yoki belgilangan qoidalarda körsatilgan muddat, hajm va sifat talablariga qat’iy rioya etilgan holda işlarni bajarişi yoki xizmatlarni körsatişi şart.








