Tinçlik hukm surgan, qonun ustuvor bölgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi, deya ta’kidladi prezident 26 dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida.
Lekin sönggi paytlarda özini qonundan ustun qöygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olişga harakat qilayotgan, iqtisodiyotga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, özini «qozi» deb hisoblab, odamlar örtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy tödalar ham kuzatilmoqda.
Prezident «oson pul topaman» degan ilinjda ayrim sportçilar ham bunday jinoiy tödalarga qöşilib qolayotganini ta’kidlagan.
«Yana bir yomon jihati – Özbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim çet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obrösiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Hamma eşitib olsin: bunday jinoiy tödalar faoliyatiga çek qöyişga kuç-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz! Özbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham işonçli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!» – dedi davlat rahbari.
Şuningdek, dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uçun eng katta tahdidga aylanib borayotgani, bunday xavf-xatar Özbekistonni ham çetlab ötmayotgani ta’kidlandi.
Narkotik savdosi transçegaraviy va virtual xarakterga ega bölib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlaşda yangi usullarni qöllaşni, zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşni talab qilmoqda.
«Yurtimizdagi har bir bola, har bir yoş – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik çangaliga taşlab qöyişga aslo yöl qöymaymiz! Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yöqotiş, yoşlarimizda kuçli ma’naviy-ruhiy immunitetni şakllantiriş böyiça barça kuç va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz! Bu – prezidentning topşiriği! Bu – ota-onalarning xohiş-istagi! Bu – jamiyatning talabi!» – dedi prezident.
Yaqinda uşbu masala böyiça Milliy dastur qabul qilindi. Endi narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.








