2025 yilning III çoragida budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi oşirilişi hamda inflatsiyaning nisbatan pastroq kuzatilişi fonida nominal va real iş haqi ösiş sur’atlarining yuqori şakllanişi kuzatildi. Xususan ötgan 9 oy davomida nominal iş haqi yillik 19,2 foizga ösgan bölsa, real iş haqi ösiş sur’ati 9,1 foizni taşkil etdi, deyiladi Markaziy bankning Mehnat bozori şarhida.

Örtaça oylik iş haqi qariyb 6,2 mln sömga teng böldi. Sohalar kesimida, moliya va suğurta hamda axborot va kommunikatsiya xizmatlari yönalişlarida örtaça iş haqining boşqa sohalarga nisbatan yuqori şakllanişi saqlanib qolgan (mos ravişda 16,8 va 15 mln söm). Şu bilan birga, III çorak davomida ijtimoiy xizmatlar, taşiş va saqlaş hamda boşqa yönalişlarda faoliyat yurituvçi xodimlarning iş haqi qolgan tarmoqlarda faoliyat yurituvçilarnikiga nisbatan real va nominal qiymatlarda yuqoriroq ösdi. Iş haqining eng kam ösişi quriliş sohasida saqlanib qoldi, uşbu sohada faoliyat yurituvçi xodimlarning örtaça iş haqi nominal qiymatda yillik 9,2 foizga oşgan bölsa, real qiymatda 0,1 foizga kamaydi.

Hududlar kesimida, 2025 yilning ötgan 9 oyi davomida real iş haqining eng yuqori ösişi Samarqand (14,6 foiz), Sirdaryo (11,1 foiz) va Namangan viloyatlarida (10,9 foiz) kuzatilgan bölsa, eng past ösiş Andijon (2,9 foiz) va Navoiy (5,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
«Real iş haqi ösişidagi hududiy farqlar iqtisodiy faollik va işçi kuçiga bölgan talabning hududlar kesimidagi turli darajalarini aks ettiradi. Ayrim hududlarda iş haqining yuqoriroq ösişi mazkur hududlarda mehnat bozorining faolligi, işçi kuçiga bölgan talabning balandroq kuzatilayotganligidan dalolat berib, uy-xöjaliklari iste’mol xarajatlari yuqoriroq şakllanişiga olib kelişi mumkin. Bu, öz navbatida, hududiy iqtisodiy ösişni qöllab quvvatlaşi, biroq agar iş haqi ösişi işlab çiqariş unumdorligi ösişidan yuqoriroq şakllansa talab tomondan inflyatsion bosimning oşişi kuzatilişi mumkin», deyiladi Markaziy bank şarhida.








