17 may kuni soat 19:00 atrofida Toşkentda ob-havo keskin özgardi. Tösatdan musaffo osmon qoronğilaşdi, kuçli şamol çang-tözonlarni olib keldi. Köçalardagi çang, barg va çiqindilar havoga kötarildi. Ba’zi joylarda tomlar uçdi, daraxtlar qulab tuşdi. Aeroport vaqtinça samolyotlarni qabul qila va jönata olmadi.
Energetika vazirligiga köra, Toşkent şahrida 8,5 ming, Toşkent viloyatida 10,3 ming abonent vaqtinça elektr energiyasidan uzilib qoldi.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi kuçli şamol munosabati bilan xavfsizlik çoralarini eslatdi:
- eşik-derazalar, çordoq va havo aylaniş tizimlarini mahkam berkitiş;
- köçalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- köp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokçalari hamda taşqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qöyiş yoki mustahkamligini tekşiriş;
- şamol kuçayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti ötiş yöllari va boşqa yaşiriniş mumkin bölgan joylarda muhofazalaniş tavsiya etiladi;
- buzilgan binolarga kiriş, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yaşiriniş taqiqlanadi;
Avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik zarur.
Toşkent şahar hokimligi aholini favqulodda holatlarda quyidagi telefon raqamlariga qönğiroq qilişga çaqirdi: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Hokimlik kötarilgan çang sababli aholiga, ayniqsa allergiyasi yoki çangga sezuvçanligi yuqori odamlarga köçada yurişni çeklaşni tavsiya qildi.
Poytaxt ekologiya boşqarmasiga köra, siniş xavfi yuqori bölgan daraxtlar yoki singan daraxtlarni körgan fuqarolar, bu haqda Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 telefon raqamlariga qönğiroq qilişlari söraladi.
Energetika vazirligi qattiq şamol va jazirama issiqda aholi uçun elektr xavfsizligi böyiça amaliy tavsiyalarni














