AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ağdariş maqsadida amalga oşirilgan operatsiya böyiça matbuot anjumani ötkazdi.
U matbuot anjumanida Maduro va Venesuela kelajagi, AQŞning rejalari borasida qator bayonotlar berdi.
AQŞ prezidenti Venesuelaga takroriy hujum bölişi mumkinligini aytiş bilan birga, Venesueladagi siyosatçilarni ogohlantirdi.
Uning sözlariga köra, Maduro bunkerga yaşirinişga uringan, lekin amerikalik harbiylar bunga yöl qöyişmagan.
“Katta otişma böldi. AQŞ 47 soniya içida hamma yerni tozaladi va Maduroning qoçişiga imkon bermadi”, — dedi Tramp.
Trampning aytişiça, Maduro qarşilik körsatgan taqdirda öldirilişi mumkin edi.
“Biz hujumning ikkinçi tölqinini amalga oşirişimiz ham mumkin, u yanada kuçliroq böladi, bunga tayyormiz. Venesueladagi barça siyosiy figuralar tuşunişi darkor – Maduro bilan yuz bergan holat boşqa har kim bilan ham sodir bölişi mumkin”, - dedi u.
Tramp avvalroq AQŞga nisbatan keskin bayonotlar bilan çiqqan Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni ham ogohlantirdi.
“Kolumbiya prezidenti özini ehtiyot qilişi kerak”, - dedi u.
Tramp Venesuelani AQŞ neftini tortib olişda aybladi.
“Venesueladagi butun neft infratuzilmasini amerikaliklar qurgan, sotsialistlar esa bularning barçasini bizdan tortib oldi. Venesuela şuningdek, AQŞning milliardlab dollarlik aktivlari, platformalari va pullarini ham tortib oldi. Bunga qarşi heç kim heç narsa qilmadi. Amerika boşqa mamlakatlar uni talaşiga yöl qöymaydi. AQŞ Venesueladan Amerika neft kompaniyalari uçun kompensatsiya undiradi”, - dedi Amerika rahbari.
“Narkokartellar juda şafqatsiz edi, lekin endi bunday bölmaydi. Qurolli kuçlarimiz olib borayotgan çiroyli işlarni e’tirof etiş kerak. Boşqa mamlakatlarda ham, özimizda ham. Buning ustiga, Maduro rejimi boşqa mamlakatlarning harbiy maslahatçilaridan foydalangan va keça bizga qarşi xorijiy qurolni işlatdi. Önlab yillar davomida boşqa ma’muriyatlar Venesuela körinişidagi mintaqaviy tahdidni inkor etib keldi, ba’zan esa hatto uning kuçayişiga kömaklaşdi”, - dedi u.













