AQŞ maxsus topşiriqli kuçlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga olganidan söng, vitse-prezident Delsi Rodriges boşçiligidagi yangi hokimiyat mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Karakas köçalarida patrullar va blokpostlar paydo böldi – bu patrullarga nafaqat harbiylar va politsiyaçilar, balki kolektivos ham jalb qilingan. Bular hukumatparast qurolli guruhlar a’zolari hisoblanadi (Rossiyadagi tituşkilar muqobili). Ular yölovçilarni va maşinalarni töxtatişadi, tintuv ötkazişadi, ba’zida telefonlarni tekşirişadi – rasmiy versiyaga köra, maxsus operatsiyada Amerikaga yordam berganlarni qidirişadi. Muxolifatçi faollar va jurnalistlardan bir neçasi qölga olingani ma’lum.
Kolektivos muxolifatga qarşi kuç işlatiş harakatlari bilan maşhur. Kamida 2012 yildan beri barça saylovoldi kampaniyalarida, şuningdek, Nikolas Maduroga qarşi norozilik namoyişlari vaqtida ular rejimga qarşi bölganlarning köça namoyişlarini tarqatib yuboriş bilan şuğullangan, jumladan, namoyişçilarni öqqa tutişgan. Kollektivos – bu yagona taşkilot emas, balki tarqoq guruhlar yiğindisidir. Bunday guruhlarning köpçiligi içki işlar vazirligi (vazirlikka hukmron rejimning «kuçişlatar qanoti» vakii, Maduroning sobiq siyosiy raqibi Diosdado Kabelo rahbarlik qiladi) nazorati ostida harakat qiladi.
Venesuela prezidentining rasmiy qarorgohi – Karakas markazidagi Miraflores saroyini ham xuddi şu kolektivos qöriqlaydi. Maduro esa sönggi vaqtlarda u yerda emas, poytaxtning janubiy çekkasidagi Fuerte-Tiun harbiy bazasida yaşayotgandi va uni öşa yerda qölga olişdi.
Köçalarda xavfsizlik xodimlari bilan tölib-toşgani ba’zan tuşunmovçiliklarga ham sabab bölmoqda. 6 yanvarga ötar keçasi Miraflores qöriqçilari saroy yaqinidan uçib ötayotgan dronlarga qarata öt oçdi, lekin biroz ötib ular politsiya dronlari ekani ma’lum böldi.
Kolumbiya, AQŞ va boşqa mamlakatlardagi Venesuela diasporasida Maduro hokimiyatdan ağdarilgani haqidagi xabar köçalardagi bayramlar bilan kutib olindi. Venesuelaning özida esa bunday holat kuzatilmagan. Birinçidan, rejim amalda öşa-öşaligiça qoldi – şunçaki yagona rahbaridan mahrum böldi, xolos. Namoyişlarni bostiriş apparati esa öz joyida. Ikkinçidan, Venesuela aholisi – hatto Madurodan norozi bölganlar orasida ham quvonç emas, balki xavotir va noaniqlik hissi ustunlik qilmoqda.
Karakas va boşqa şaharlarda ham köça aksiyalari bölib ötdi – lekin faqat lokal miqyosda va kam sonli iştirokçilar bilan. Bundan taşqari, köplab aksiyalar AQŞning Venesuela içki işlariga aralaşuviga qarşi norozilikka bağişlangan edi. Bunday mitinglar politsiyaçilar, harbiylar va kolektivos tomonidan sinçkovlik bilan kuzatib turilgan. Qolaversa, Venesuela muxolifatining köplab vakillari ham AQŞning harakatlaridan norozilik bildirmoqda.

Boris Vergara / Anadolu / Getty Images
Karakas va Venesuelaning boşqa şaharlarida dökonlar çeklovlar bilan işlamoqda: birinçi kuni odamlar vahimaga tuşib, hamma narsani sotib ola boşlagan va uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz qamrab olgan mamlakatdagi kam sonli zaxiralar tugab qolgandi. Kafega taşrif buyuruvçilar odatdagidan sezilarli darajada kam. Ba’zi hududlarda elektr energiyasi va suv yöq, uyali aloqa işlamayapti – bu Amerika zarbalari tufayli yetkazilgan zarar bilan ham, şunçaki uzoq davom etgan inqiroz bilan ham boğliq bölişi mumkin.

Ariana Cubillos / AP / Scanpix / LETA
The Guardian muxbirlari Karakas köçalarida suhbatlaşgan yölovçilar sodir bölayotgan voqealar munosabati bilan nimalarni his qilişlari haqidagi savolga şunday javoblar berişgan –işonçsizlik, ğazab va xavotir. CNN boşqa venesuelaliklarning sözlarini keltiradi: «Men butunlay qoronğilikdaman. Mamlakat bilan, biz bilan nima bölişini tasavvur qila olmayman»; «Faqat noaniqlik bor. Hokimiyat özgargandek tuyulmayapti, çunki hamma narsa avvalgidek qoldi. Faqat heç narsa tuşunarli emasligi aniq». The Wall Street Journal suhbatdoşlaridan biri şunday dedi: «Hukumatlar keladi va ketadi, biz esa qolamiz va işlaşimiz kerak».

Ronald Pena / EPA / Scanpix / LETA













