2026 yil yanvarda AQŞga olib ketilgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bir kişilik kamerada emas, balki Nyu-Yorkdagi Metropolitan Detention Center tergov hibsxonasidagi 18 kişilik umumiy kamerada saqlanmoqda. Bu haqda uning öğli Nikolas Maduro Gerra Der Spiegel naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yigitning sözlariga köra, dastlab otasi yolğiz ötirgan, ammo Pasxa arafasida uni umumiy kameraga ötkazişgan. Katta Maduro qamoqxonada muloqotda muammo sezmaydi – kameradoşlarining yarmi ispan tilida gaplaşadi. Şuningdek, u har kuni uyiga qönğiroq qiliş imkoniyatiga ega. «Uni boşqa işga ötkazişganidan beri har kuni keçqurun soat yettilarda qönğiroq qiladi», deb tuşuntirdi Maduro Gerra.

Öğlining aytişiça, otasi böş vaqtida televizor köradi, ingliz tilini örganadi, Injilni, şuningdek, Amazon orqali yuboriladigan kitoblarni köp öqiydi: Venesuela Konstitutsiyasi, Simon Bolivar asarlari, metafizika, Şekspir va Esxil asarlari. Maduro 20 yoşli nabirasi (u san’at fakultetida öqiydi) örganayotgan adabiyotga ham qiziqadi.

Oilaning asosiy taşvişi — ovqatlaniş. «Otam doim töğri ovqatlanardi: köp sabzavot, oz şakar. Hozir u asosan uglevodlar, çuqur qayta işlangan mahsulotlar va juda köp tuz iste’mol qilyapti», dedi Maduro Gerra. Bundan taşqari, hibsga oliş paytida amerikalik askarlar Maduroning tizzasini şikastlagan, ammo hozir oğriq unçalik kuçli emas, dedi yigit.

2026 yil yanvar oyi boşida AQŞ Venesuelada harbiy operatsiya ötkazdi: atigi 2 soat-u 20 daqiqa içida Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores maxsus kuçlar tomonidan qölga olinib, Amerikaga olib ketildi. Ularga narkoterrorizm, noqonuniy qurol saqlaş va giyohvand moddalar kontrabandasi böyiça ayblovlar qöyilgan.