AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikaning Venesuela işlariga aralaşuvi bir neça yilga çözilişi mumkinligini aytdi. New York Times gazetasiga bergan intervyusida uning ma’muriyati Janubiy Amerikadagi bu mamlakatni boşqarişni qaçongaça «nazorat qilişi»ni «faqat vaqt körsatişi»ni aytdi.
Tramp Venesuelada Nikolas Maduroning safdoşi bölgan va vaqtinça prezidentga aylangan Delsi Rodriges örniga yangi rahbar saylanadigan saylovlar ötkazilişi yuzasidan aniqlik kiritmagan.
Bu vaqtda Delsining akasi, Milliy assambleya spikeri Xorxe Rodriges Venesuela hukumati «köp sonli» mahbuslarni (ham venesuelaliklar, ham amerikaliklar) ozod etişga qaror qilganini ma’lum qildi.
Rodriges bu heç kim bilan kelişilmagan, faqat bir tomonlama yaxşi niyat akti bölişini qayd etgan. Uning sözlariga köra, mahbuslarni ozod etiş jarayoni allaqaçon boşlangan.
Aynan kimlarni qöyib yuboriş rejalaştirilayotgani hozirça noma’lum, ammo Ispaniya TIVdagilar Venesuela allaqaçon beş nafar ispaniyalikni ozod etganini ma’lum qildi, ular orasida qöşfuqarolikka ega bölgan taniqli huquq faoli Rosio San Migel ham bor.
Avvalroq Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares bu qarorni Venesuela hukumatining «juda ijobiy qadami» deb baholagandi.
Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçado payşanba kuni Maduroning qulaşi Venesuelaning ozod bölişiga olib boradigan ortga qaytmas jarayonni boşlab berganini aytgandi.
Tramp Rodrigesdan mamnun va Maçadoni e’tiborsiz qoldirmoqda

Carlos Becerra / Getty Images
Tramp NYT muxbiriga AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Delsi Rodriges bilan doimiy aloqada bölib turganini aytgan, oldinoq AQŞ prezidenti Maduroning örinbosari «Amerika zarur deb hisoblagan barça işni qilişga tayyorligi»ni aytgandi.
AQŞ prezidentiga köra, Venesuelaning vaqtinça hukumati neft sotuvidan tuşgan daromadlarni faqat Amerika tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotib olişga sarflaşga rozi bölgan.
NYT jurnalistlari qayd etişiça, Tramp nima uçun Rodrigesni Venesuelaning yangi yetakçisi deb tan olgani haqidagi savolni oçiq qoldirgan.















