Las-Vegas sudi jinoyat olamida «Kiffi Di» laqabi bilan tanilgan 63 yoşli Dueyn Devisni 1996-yilda reper Tupak Şakur öldirilişi işi böyiça umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Avgust oyi oxirida sud uni mazkur işda aybdor deb topgandi.

Hukmga köra, Devis 40 yilgaça muddatidan oldin şartli ozodlikka çiqarişni söraş imkoniyatiga ega bölmaydi.

«Uç yil mobaynida men sizdan bir gapning turli variantlarini eşitib keldim: „Ha, men bunga aloqador edim. Lekin endi men boşqa odamman. Ötmişni ortda qoldirdim. „Kompton“ni tark etdim. Endi men boboman“», – dedi sudya Karli Kirni hukmni öqib eşittirar ekan.

«Siz birovni oilasidan tortib olişga haqli emasdingiz. Uni hayotdan, butun kelajagidan mahrum qilib, keyin heç narsa bölmagandek, şunçaki ketişga haqqingiz yöq», – degan u ayblanuvçiga yuzlanib.

Şov-şuvli iş

Tupak Şakur – 1990-yillarning eng maşhur reperlaridan biri bölgan. U 1996-yil 7-sentabr kuni, 25 yoşida qotillik qurboni bölgan. Öşanda u musiqa magnati Merion «Şug» Nayt bilan birga uning maşinasida tungi klubga ketayotganida yon tomondan ötayotgan «Kadillak»dan turib öqqa tutilgan. 13-sentabr kuni şifoxonada vafot etgan, «Şug» omon qolgan.

Foto: Reuters
Tupak Şakurning hayotligidagi sönggi fotosurati. Bu surat sudda dalil sifatida körsatilgan

Uşbu qotillik köp yillar davomida AQŞdagi eng şov-şuvli oçilmagan işlardan biri bölib qoladi. Huquq-tartibot idoralari avvalboşdan qotillik raqobatçi tödalar örtasidagi jinoiy tortişuv natijasi ekanini taxmin qilgan, biroq önlab yillar davomida kimgadir ayblov qöyiş uçun yetarli dalillar bölmagan.

Dueyn Devis – Crips tödasining Komptondagi (Los-Anjelesning çekka hududi) bölimining (South Side Compton Crips) sobiq boşliği bölgan. Tupakka prodyuserlik qilgan «Şug» Nayt esa uşbu jinoiy tödaning raqobatçisi hisoblangan Mob Piru Bloods guruhiga aloqador edi.

Devis 1996-yildayoq Tupakning öldirilişi böyiça işda söroq qilingan Orlando Andersonning amakisi edi: politsiyaçilar Andersonni qotillikni sodir etişda gumonlaşgan, çunki voqeadan bir neça soat oldin klublardan birida u va Tupak örtasida ziddiyat kelib çiqib, reperning tan soqçisi uni kaltaklagandi. Andersonga rasmiy ayblov qöyilmaydi, u 1998-yilda otişmada halok böladi.