Harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: «Pushkin» metro bekati) soat 11:00 da boshlanadi va 13:00 ga qadar davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan Parkent va Mustaqillik ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar Mustaqillik va Temiryo‘l ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadilar.

Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.