AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida u Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi sifatida körsatilgan hazil surat aks etgan post qoldirdi.
Surat Trampning «Vikipediya»dagi tarjimayi holi skrinşoti sifatida yasalgan. Unda Tramp AQŞning 45- va 47-prezidenti, şuningdek 2026 yil yanvaridan Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi sifatida ham körsatilgan.
Haqiqiy maqolada esa Trampning bunday «lavozimi» yöq.

3 yanvarga ötar keçasi AQŞ harbiylari Venesuelada maxsus amaliyot ötkazib, uşbu mamlakat prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qölga olindi. Ular AQŞda narkoterrorizm, qurol saqlaş va giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib sud qilinmoqda.
Amaliyotdan keyingi matbuot anjumanida Tramp Maduro endi prezident emasligi va ötiş davrida Venesuelani AQŞ boşqarib turişini ma’lum qildi. U şuningdek Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçado davlat rahbari uçun kerak bölgan sifatlarga ega emasligini aytgan.
Öşa kuni Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges vaqtinça davlat rahbari sifatida qasamyod qildi. Tramp agar u «töğri yöl tutmaydigan bölsa», unda «Maduronikidan ham köra kattaroq badal tölaşi»ni aytan.












