AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni, 15 yanvarda Oq uyda Venesuela muxolifatining yetakçilaridan biri, 2025 yil Nobel tinçlik mukofoti laureati Mariya Korina Maçadoni qabul qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda duşanba, 12 yanvar kuni CNN telekanali hamda AFP va Reuters agentliklari bir-biridan mustaqil ravişda xabar qildi — barçasi Oq uydagi nomi oşkor etilmagan manbalarga tayangan.

Avvalroq, AQŞning Venesueladagi harbiy operatsiyasidan köp ötmay — u operatsiya natijasida 3 yanvar kuni mamlakat rahbari Nikolas Maduro qölga olinib, AQŞga olib ketilgan edi — Donald Tramp Maçadoga Venesuelani boşqariş qiyin bölişini aytgan, çunki unda buning uçun zarur bölgan xalq qöllovi va hurmati yöq.

Mariya Korina Maçadoning özi 5 yanvar kuni Fox News telekanali efirida şunday dedi: u Trampga Nobel tinçlik mukofotini berişni yoki uni u bilan bölişişni istaydi, çunki “u qilgan iş tarixiy” va “demokratik özgarişlar sari ulkan qadam”dir. Biroq Norvegiya Nobel qömitasi öşanda Nobel tinçlik mukofoti “ortga qaytarilişi, bölinişi yoki boşqa şaxslarga ötkazilişi mumkin emas”ligini tuşuntirgan.

9 yanvar kuni Tramp CNN efirida Mariya Korina Maçado bilan gaplaşişni xohlaşini aytdi. “U (AQŞ Nikolas Maduroni qölga olgandan keyin Venesuelani boşqarişning ayrim jihatlariga — tahr.) jalb qilinişi mumkin. Men u bilan gaplaşişimga töğri keladi. Öylaymanki, uning kelmoqçi ekani juda yaxşi. Menimça, sababi ham şu”, — dedi u.

12 yanvar kuni prezident samolyoti Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbatlaşar ekan, Tramp yana şuni ma’lum qildi: u Venesuelada vaqtinça prezident vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges bilan ham uçraşiş niyatida. Uning sözlariga köra, uning ma’muriyati Rodriges bilan “rostdan ham yaxşi” hamkorlik qilyapti.

12 yanvar kuni Venesueladagi yangi hokimiyat mamlakatda Nikolas Maduro hukmronligi davrida ozodlikdan mahrum etilgan 116 nafar siyosiy mahbus ozod etilganini e’lon qildi. Gap asosan 2024 yilda prezident saylovlari soxtalaştirilganiga qarşi bölgan namoyişlardan keyin qamalganlar haqida ketmoqda.

Şu bilan birga, huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar ozod qilinganlar sonini tasdiqlamayapti. AFP agentligi NNT va muxolifat ma’lumotlariga tayanib bergan hisob-kitoblariga köra, 8 yanvardan beri Venesuelada taxminan 50 nafar siyosiy mahbus ozod qilingan.

Huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar bahosiga köra, Venesueladagi siyosiy mahbuslar soni 800–1200 nafarni taşkil qiladi.