Kuni keça Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasiga 112 tizimi orqali Böstonliq tumani «Sijjak» MFY hududidan ötuvçi avtomobil yölida sodir bölgan hodisa haqida xabar kelib tuşgan.
Ma’lum qilinişiça, harakat vaqtida «Jiguli» rusumli avtomaşina haydovçisi boşqaruvni yöqotib, transport vositasi yölning xandaq qismiga tuşib ketgan.
Xabardan söng voqea joyiga yetib borgan FVV qutqaruvçilari maxsus texnika vositasida avtomobilni xandaqdan çiqarib olgan. Aniqlanişiça, avtomaşinada faqat haydovçining özi bölgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.













