Jahonda bölayotgan geosiyosiy özgarişlar, xalqaro munosabatlar tizimidagi beqarorlik, mintaqaviy qarama-qarşiliklar va global iqtisodiy transformatsiyalar taşqi siyosatni doimiy ravişda qayta körib çiqişni, uni milliy manfaatlar va zamon talablariga moslaştirib borişni taqozo qiladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev rahbarligida bölib ötgan yiğilişda ma’lum qilindi.
«Sönggi yillardagi oçiq, pragmatik va muvozanatli taşqi siyosatimiz natijasida Özbekistonning xalqaro maydondagi örni va nufuzi oşib bormoqda. Şu bilan birga, global xavfsizlik arxitekturasidagi özgarişlar, yangi iqtisodiy ittifoqlar, savdo yönalişlari, texnologiyalar va energiya bozorlaridagi transformatsiyalar taşqi siyosatimizdan yanada faol, aniq maqsadli va natijaga yönaltirilgan yondaşuvni talab etmoqda», dedi prezidentimiz.
Şu munosabat bilan Özbekistonning Taşqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilab, uning ustuvor yönalişlarini qayta körib çiqiş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va xalqaro maydonda mamlakat örnini mustahkamlaşga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab oliş zarurligi ta’kidlandi.
«Yangi konsepsiya mamlakatimizning uzoq muddatli strategik maqsadlarini, içki islohotlarimiz mantiğini, iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlarimizni yaxlit va özaro boğliq holda aks ettirişi lozim», dedi davlat rahbari.
Işlarni samarali taşkil qiliş uçun elçixonalarning har biriga qöşimça mablağ berilişi belgilandi. Diplomatlarning xizmatlarini munosib e’tirof etiş maqsadida «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan diplomat» faxriy unvonini ta’sis etiş taklif etildi.

















