Tovarlarni bojxonadan ötkazişdagi murakkab tartiblar va ortiqça hujjatlar, mahalliy laboratoriyalar hamda sertifikatlaş organlaridan talab etiladigan qöşimça tasdiqlar, import qilinayotgan xomaşyo, tayyor mahsulotlarga solinadigan boj hamda soliqlar yuqoriligi bugun çetdan mahsulot olib kirayotganlarni eng köp qiynayotgan masalalardan. Toşkentdagi “Hilton” mehmonxonasida bölib ötgan Özbekiston elçilari va import faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlari örtasidagi oçiq muloqotda ayni şu kabi keyslarga yeçim izlandi.

Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligida Özbekistonning xorijdagi 68 nafar elçisi va 400 ga yaqin importyor tadbirkorlar iştirokida import masalalariga bağişlangan oçiq muloqot ötkazildi. Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qömitasi hamda boşqa mutassadi vazirlik, idoralar rahbarlari qatnaşgan tadbirda taşqi savdo jarayonlarida uçrayotgan muammolar, xomaşyo importi, tarif va notarif tartibga soliş, işlab çiqariş tannarxini kamaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Xomaşyo importi: muvofiqlaştiriş talabi

Uçraşuvda işlab çiqaruvçilarni arzon va sifatli xomaşyo bilan ta’minlaş orqali tayyor mahsulot tannarxini kamaytiriş böyiça aniq takliflar bildirildi. Şu bilan birga, tadbirkorlar amaliy ehtiyojlarini elçilarga aytib, xalqaro yetkazib beruvçilar bilan bevosita aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Ta’kidlanişiça, palma yoği, şakar, kakao va quruq sut kabi asosiy mahsulotlar olib kirişda yuzaga kelayotgan qiyinçiliklar narxdan taşqari, bozordagi barqarorlikka ham bevosita ta’sir qilmoqda.

“Masalan, quruq sut Belarus va boşqa davlatlardan farqli narxlarda yetkazib berilmoqda, Qozoğistondagi transport va logistika masalasi tadbirkorlar tomonidan doimiy tösiq sifatida tilga olinadi. Palma yoği, şakar yoki kakao bozoriga yetib boriş jarayoni esa murakkab: tranzit davlatlarda bojxona ruxsatnomalari, transport tariflari hamda vaqtinçalik tösiqlar mahsulot narxiga bevosita ta’sir qilyapti. Şu sababli, biz faqat tariflarni muvofiqlaştiriş bilan çeklanmasligimiz, butun yetkazib beriş zanjirini optimallaştirişimiz kerak”, – deydi oziq-ovqat sanoati uyuşmasi raisi Bahodir Umirşayxov.

Ta’kidlanişiça, yagona va barqaror şartlarni yaratiş uçun tranzit hamda bojxona tartiblari soddalaştirilişi, xalqaro transport standartlari muvofiqlaştirilişi va tariflar böyiça yagona yondaşuv joriy etilişi lozim. Şu yöl bilan mahsulot olib keliş jarayonidagi tösiqlar bartaraf etilib, narx va yetkazib beriş tezligi barqarorligini ta’minlaş mumkin.

Tarif va notarif tartiblar: soddalaştiriş zarurati

Şuningdek, import qilinayotgan mahsulotlarga qöllanayotgan tarif va notarif tartiblar bilan boğliq muammolar ham tahlil qilindi. Tadbir iştirokçilari mavjud tartib-taomillarni osonlaştiriş, byurokratik tösiqlarni kamaytiriş va jarayonlarni tezlaştiriş böyiça takliflar bildirdi.

“Hozirda, masalan, konservatsiya qilingan tayyor mahsulotlar, göşt mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari hamda boşqa oziq-ovqatlar bir neça laboratoriya tekşiruvlaridan ötişi qat’iy talab etilyapti. Uşbu jarayonning murakkabligi bozordagi raqobatga ta’sir qilmoqda. Birinçidan, har bir qöşimça tahlil mahsulot tannarxini oşiradi. Tovar yetkazib beruvçi kompaniya laboratoriya tölovlari, transport xarajatlari va qöşimça vaqtni hisobga olgan holda narxni oşirişga majbur böladi. Oqibatda oxirgi iste’molçiga yetib boradigan mahsulot narxi sezilarli darajada yuqorilaydi, bu esa iste’molçilar tanlovini çeklaydi va bozorda narx raqobatini susaytiradi.

Ikkinçidan, murakkab sertifikatlaş jarayoni yetkazib beriş muddatini uzaytiradi. Mahsulotlar köplab laboratoriya tekşiruvlaridan ötişi şartligi sababli import jarayoni bir neça hafta yoki hatto oylar davom etişi mumkin. Mazkur holat tovarning bozorga tez yetib borişini sekinlaştirib, xomaşyo va tayyor mahsulotlar zaxiralarini saqlaş xarajatlarini ham oşiradi. Şu tariqa, logistik xarajatlar ortadi, ta’minot zanjirida uzilişlar yuzaga keladi va kompaniyalar mahsulotni vaqtida yetkazişda qiyinçilikka duç keladi.

Uçinçidan, ortiqça va murakkab sertifikatlaş jarayoni kontrafakt tovarlarning bozorga kirişiga ham bilvosita şaroit hozirlaydi. Ayrim işlab çiqaruvçilar yoki importyorlar standartlarga javob bermagan mahsulotlarni rasmiy yöllar bilan yetkazib bera olmagan holatlarda yaşirin yöllar yoki “qorabozor” orqali mahsulotlarni bozorga kiritişga majbur böladi”, – deydi tadbirkor Uluğbek Rahimov.

Tadbirkorlar bu muammoni xalqaro sertifikatlarga ega laboratoriyalar tomonidan ötkazilgan tahlil natijalarini qabul qiliş orqali hal qilişni taklif etdi. Ularning fikriça, bu tizim import jarayonini soddalaştiradi, mahsulot tannarxini pasaytiradi va mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun raqobat afzalliklarini oşiradi.

Quriliş va sanoat loyihalarida hamkorlik

Bundan taşqari, quriliş korxonalari va boşqa sanoat kompaniyalarining yirik xalqaro loyihalarda iştiroki masalasi ham muhokama qilindi. Mutaxassislar mahalliy kompaniyalarning xalqaro tenderlarda faol iştirok etişini rağbatlantiriş, yuzaga keladigan moliyaviy, huquqiy va texnik tösiqlarni bartaraf etiş böyiça takliflar berdi.