Sirdaryoning Xovos tumanida hokimlik naq 110 ta fermerdan yerini tortib oliş uçun sudga da’volar kiritdi. Kun.uz suhbatlaşgan fermerçilik faoli Kamoliddin Ikromovga köra, 1-2 ta yoki nari borsa 10 ta fermer bankrot bölsa, uning muammosi bölişi mumkin, lekin 110 ta fermer bankrot bölsa, bu – tizimning muammosi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bunaqada yer unumdorligi pasayib ketişidan xavotir bildirdi.
Kun.uz studiyasida bölib ötgan suhbatda Özbekiston qişloq xöjaligi duç kelib turgan asosiy muammolar, mazkur muammolar sabab soha 21-asrda ham biz istagan köriniş olmayotgani, fermerga hamon tadbirkorlik sub’yekti, soliq tölovçi, işlab çiqaruvçi sifatida qaralmayotgani muşohada qilindi.
Kamoliddin Ikromov, Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari: Fermerlar katta qarz bölib qolgan, deyişadi. Sababini söradikmi? Bu fermerlarning köpçiligi bankrot bölgan klasterning yerini olgan. Auksiondan, ya’ni pul tölab olişgan. Endi nimaga qarz bölib qoldi ular? Çunki paxtasini topşirgan klasterlar pulini vaqtida bermagan. Vaholanki, u klasterni kim tavsiya qilgan ularga? Birinçi örinda öşa hokimiyat tavsiya qilgan: “zör klaster, puli bor, javob, fermerga pulini vaqtida tölab beradi, öğirlamaydi, aldamaydi”, deb hokimiyat tavsiya bergan-ku!

Otabek Bakirov, iqtisodçi: Tavsiya emas, majburlaşgan.
Kamoliddin Ikromov: Ha. Keyin fermerni majburlab, unga paxtasini topşirtirgan. U esa tarozidan urib qolib, paxtasini oldi, pulini tölamadi vaqtida. Don korxonalari ham pulini tölamadi. Hozir mana, bitta klasterga jinoyat işi oçişibdi. Pulini bermagan-da. Vaqtida bermaganidan keyin elektr energiyaning penyasi bor, bank kreditlarining penyasi bor, boşqalar bor. Pulini vaqtida olmaganidan keyin operativ işlarni qilolmagan, vaqtida öğit solmagan, hosildorligi kamayib ketgan. Fermer zararga çiqmay, kim zararga çiqsin?
Keyin bunaqa – fermerlarning ommaviy zararga çiqişi uçun kim javob beradi? 110 ta fermer bankrot deyilyapti. 110 ta – kiçkina körsatkiç emas! Bitta-ikkita, mayli 10 ta fermer bankrot bölsa, tajribasizlikdan böladi. Lekin yuzlab fermer bankrot bölsa, kim javob beradi bunga? Javobgar bölişi kerak-ku. Şu ahvolga bekorga kelib qolmagan-ku u.











