Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning Telegram orqali xabar berişiça, qurbonlardan biri - 67 yoşli erkak Zaporijjya şahrida boşqariluvçi aviatsiya bombasi xususiy uyga kelib tuşişi oqibatida halok bölgan.
Fedorov ma’lumotlariga köra, Rossiya qöşinlari bir sutka davomida Zaporijjya viloyatining 45 ta aholi punktiga jami 917 marta zarba bergan.
Ularning 22 tasi aviatsiya zarbasi, 634 tasi uçuvçisiz uçiş apparatlari orqali amalga oşirilgan hujumlar va 261 tasi artilleriya zarbalaridan iborat bölgan.
Viloyat rahbarining bildirişiça, hujumlar oqibatida infratuzilma ob’yektlari, turar joylar va avtomobillarga zarar yetgani haqida 124 ta xabar kelib tuşgan.
Xabar e’lon qilingan vaqtda Ukraina Harbiy-havo kuçlari Zaporijjya viloyatiga boşqariluvçi aviatsiya bombalaridan foydalangan holda yangi hujum uyuştirilişi xavfi borligidan ogohlantirgan. Şuningdek, reaktiv dron Zaporijjya şahri tomon harakatlanayotgani ma’lum qilingan.
Rossiya tomoni Kirillovkada 12 kişi halok bölganini bildirgan
Bundan avval, 25 iyul kuni Rossiya tomonidan Zaporijjya viloyatining bosib olingan qismi rahbari etib tayinlangan Yevgeniy Balitskiy Ukraina tomoni Kirillovkadagi turistik bazalarga hujum qilganini bildirgan.
Uning ma’lumotlariga köra, tungi hujum oqibatida 12 kişi halok bölgan va 19 kişi yaralangan. Balitskiy qurbonlarning tört nafari, jarohatlanganlarning esa olti nafari bolalar ekanini aytgan.
25 iyul kuni Zaporijjyada savdo markazi yongan
Öşa kuni Ukraina rasmiylari Rossiya qöşinlarining Kiyev nazoratidagi Zaporijjya viloyati hududlariga zarbalari haqida ham xabar bergan.
Ma’lumotlarga köra, 25 iyulga ötar keçasi hujumlar oqibatida ön kişi jabrlangan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Zaporijjya şahrida ikki qavatli savdo markazi, dökon va savdo pavilonlarida yonğin çiqqanini bildirgan. Yonğin qamrab olgan umumiy maydon 900 kvadrat metrni taşkil etgan.
25 iyul tongida Ivan Fedorov Zaporijjyaga yana zarbalar berilganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, hujumlar oqibatida bir ayol halok bölgan, yana 11 kişi tibbiy yordamga muhtoj bölgan. Jabrlanganlar orasida 3, 5 va 7 yoşli uç nafar bola ham bölgan.













