Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Milliy sertifikatlaştiriş tartibi töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.
Hujjatga muvofiq, Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi birinçi navbatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligi “qoniqarsiz” deb baholangan, korrupsiyaga oid jinoyatlar soni oşgan yoki korrupsiyaviy xavfi yuqori bölgan davlat organlari va taşkilotlarida joriy etiladi.
Reja-grafik har yili mart oyida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Baholaş işlarini esa Agentlikning mas’ul xodimi rahbarligida kamida yetti nafardan iborat işçi guruh amalga oşiradi.
Taşkilotlar faoliyati funksional xususiyatlaridan kelib çiqib, köpi bilan 14 iş kuni davomida masofadan turib va yoki joyiga çiqqan holda baholanadi. Baholaş dasturi yetti yönalişni, jumladan oçiqlik va şaffoflik, jamoatçilik nazorati hamda korrupsiyaning oldini oliş mexanizmlarini qamrab oladi.
Natijalar 100 ballik tizim asosida baholanadi. 81–100 ball töplagan taşkilotlar “yaxşi”, 55–80 ball olganlar “qoniqarli”, 55 balldan kam natija körsatganlar esa “qoniqarsiz” deb e’tirof etiladi.
“Yaxşi” bahoga ega taşkilotlarga uç yil muddatga amal qiladigan Milliy sertifikat beriladi. “Qoniqarli” deb baholangan taşkilotlarga kamçiliklarni bartaraf etiş uçun bir oygaça muhlat ajratiladi va talablar bajarilganidan keyin sertifikat taqdim etiladi.
Faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan yoki belgilangan muddatda kamçiliklarni bartaraf etmagan taşkilotlar sertifikat olmagan hisoblanadi. Bu esa korrupsiyaga qarşi menejment tizimi joriy etilgunga qadar taşkilot rahbarlariga nisbatan rağbatlantiriş tölovlarini töxtatib turiş uçun asos böladi.












