Germaniya – iş boşlaş uçun heç qaçon keç bölmaydigan, istalgan yoşda karera quriş mumkin bölgan kamdan kam davlatlardan biri. Faqat yuqori maoşlar emas, kuçli ijtimoiy himoya va iqlim migratsiyasi uçun ham butun dunyo muxojirlari bu davlatni tanlaşadi. Qaysi sohalarda talab bor, örtakaşlarsiz mustaqil iş topiş, firibgarlarni farqlaş, oyliklar va soliqlar, hattoki Germaniyada turmuş quriş masalalari — bu katta mavzu! 1-qismda “Germaniya möjizasi” haqida körsatuv tayyorlagan SUBYEKTIV bu safar Olmoniyaga ketiş yöllari haqida hikoya qiladi.
Germaniya haqida tayyorlagan körsatuvimizning 1-qismi uruşdan yengilgan bu davlat qanday qilib qisqa vaqt içida dunyo “iqtisodiy möjizasi”ni yarata olganiga bağişlandi. Ikkiga bölingan olmon davlati va ikki Koreyani, bugungi Germaniya bilan Markaziy Osiyoni soliştirdik. Xalqni hukumatdan ustun köradigan parlament, köp qavatli uyda yaşaydigan hukumat rahbari, 25 mingga yaqin qasrlar, çeklanmagan tezlik yöllari, qulay ekologiya va “sovetça” Berlin haqida juda qiziqarli mahlumotlarga boy dastur tayyorlagan edik.
2-qismda Olmoniyadagi özbekistonliklar u yerga töğri migratsiya qiliş böyiça öz tajribalari bilan bölişişadi.




Ketiş istagi tuğilganidan boşlab u yerlarda işga joylaşişgaça bölgan yöl oson emas. Lekin aniq maqsad va töğri yönaliş immigratsiya qiyinçilarini yengillaştiradi. Bugungi körsatuv esa Germaniya haqidagi tasavvurlaringizni yanada mustahkamlaydi, deb umid qilamiz. Köring, fikrlaringizni video izohlarida qoldiring. Körsatuv havolasini Olmoniyaga ketiş istagida yurganlar bilan ulaşing – manfaatli böladi.
Ssenariy muallifi va boşlovçi Sardorbek Usmoniy
Hammuallif Ibrohim Samadov






