Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni Toşkentda Osiyo Olimpiya kengaşi rahbariyati va taşkilot Boş assambleyasi iştirokçilarini qabul qildi.

Mamlakat yetakçisi Özbekistonga xalqaro sport harakatining işonçli hamkori sifatida yuksak işonç bildirilib, taşkilot assambleyasini Toşkentda ötkazişga qaror qilingani uçun minnatdorlik izhor etdi.

Uçraşuvda sportni rivojlantiriş “Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangani ta’kidlandi.
Özbekiston xalqaro sport taşkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaş va amaliy natijalarga erişişga qaratilgan qöşma dastur hamda taşabbuslarni amalga oşirişga tayyorligi qayd etildi.

Tadbir yakunida Mirziyoyev sportni rivojlantiriş va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun Osiyo Olimpiya kengaşi boş direktori, Butunjahon suv sporti federatsiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga «Döstlik» ordenini topşirdi.














