Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni Toşkentda bölib ötayotgan Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasida iştirok etdi.

Tadbirda yetakçi xalqaro va mintaqaviy sport taşkilotlari rahbarlari va vakillari, jumladan, Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasining birinçi vitse-prezidenti, Qatar Olimpiya qömitasi prezidenti Şayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy, Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Xalqaro oğir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, “World Boxing” taşkiloti prezidenti Gennadiy Golovkin, Xalqaro çim ustida xokkey federatsiyasi prezidenti Muhammad Toyyab Ikrom, Osiyo Paralimpiya qömitasi prezidenti Majid Raşid, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Şestakov, Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi boş kotibi Gunilla Lindberg va Afrika Olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi prezidenti Mustafo Berraf ham qatnaşdi.

Şuningdek, assambleya işida maxsus mehmonlar va rasmiylar, xususan, AQŞ prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, Rossiya sport vaziri Mixail Degtyaryov, Saudiya Arabistoni sport vaziri Abdulaziz bin Turkiy Ol Saud, Qatar yoşlar va sport vaziri Şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy hamda boşqalar iştirok etdi.

Davlat rahbari öz nutqida tobora kuçayib borayotgan global ziddiyatlarga qaramay, sport davlatlar va xalqlar örtasidagi muloqot, özaro anglaşuv hamda hamkorlikni mustahkamlaşning universal vositasi sifatida örin tutişini alohida ta’kidladi.

Özbekiston prezidenti Şayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni Osiyo Olimpiya kengaşi prezidenti etib saylangani bilan qutlab, uning yuksak darajadagi kasbiy mahorati, salmoqli xalqaro tajribasi va nafaqat Osiyo qit’asi, balki butun dunyoda sport rivojiga qöşgan ulkan hissasini ta’kidlab ötdi.

Davlat rahbari Yangi Özbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida ham söz yuritdi. Uç bosqiçli “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tizimi yölga qöyildi, zamonaviy sport infratuzilmasi, xususan, Olimpiya şaharçasi barpo etildi, yuqori malakali sportçilarni saralaş va tayyorlaş tizimi kengaytirilmoqda.

Xalqaro maydondagi yuksak natijalar, jumladan, 2024 yilda Parijda bölib ötgan Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida Özbekiston sportçilarining muvaffaqiyatli iştirok etgani hamda yurtimizda ommaviy sport rivojlanib, bugungi kunda 15 milliondan ortiq aholi muntazam ravişda jismoniy tarbiya bilan şuğullanayotgani qayd etildi.