DW xabariga köra, Mers bu haqda 21-oktabr kuni Berlindagi Berlin Global Dialogue iqtisodiy forumida gapirgan.
«Biz Ukrainani bu uruşni çöziş uçun qöllab-quvvatlayotganimiz yöq. Ammo Ukrainaning kapitulyatsiyasi, ayniqsa, sözsiz taslim bölişiga yöl qöyib bölmaydi. Çunki bu barçamizning taslim bölişimizni anglatadi», - degan kansler. Uning sözlarini Reuters agentligi keltirgan.
Mers Rossiya tomonidan tarqatilayotgan dezinformatsiya va gibrid hujumlarni Germaniya xavfsizligi uçun eng katta tahdid deb atagan. U Moskvani sovuq uruş tugaganidan keyin şakllangan siyosiy tartibga qarşi hujum qilişda ayblagan.
«Hozir meni eng köp taşvişlantirayotgan narsa iqtisodiyotimiz ham, AQŞ ham, Xitoy ham emas, balki Rossiyaning jamiyatimizga taʼsiridir», - degan Germaniya hukumati rahbari.
Uning sözlariga köra, gap qöporuvçilik harakatlari, aloqa tizimlariga gibrid hujumlar va Germaniyadagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinişlar haqida ketmoqda. Kansler bunday hujumlar har kuni sodir bölayotganini, ammo mamlakatda tahdid kölami hali ham yetarliça baholanmayotganini aytgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatining sönggi harakatlarini Kiyevni taslim bölişga undaşga öxşatgan edi.
18-oktabr kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Zelenskiy Ukrainani kapitulyatsiyaga köndirişga qaratilgan qadamlar taşlangan, deb hisoblaşini bildirgan. Biroq u buni amerikalik hamkorlarning aniq maqsadi deb ataşdan tiyilgan.
«Amerikalik hamkorlarimiz uruşni Ukraina hisobiga tezroq tugatiş mumkin, deb öylayotganiga işongim kelmaydi. Ammo bu şunday körinmoqda», - degan Ukraina prezidenti.
Tramp esa, öz navbatida, Zelenskiyni uruşni tugatişni istamayotganlikda ayblab, unga muzokaralarni boşqa birovga topşirişni tavsiya qilgan.













