Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Yaqin Şarqda ehtimoliy yadroviy halokatga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda JSTning Şarqiy Örtayer dengizi byöiça mintaqaviy direktori Xanan Balxi Politico naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Balxining sözlariga köra, ekspertlar AQŞ va Isroilning Eron yadroviy obektlariga zarbalari oqibatlarini kuzatmoqda.

«Eng yomon ssenariy — bu yadroviy halokat va bu bizni hamma narsadan köproq taşvişga solmoqda. Qançalik tayyorgarlik körmaylik, agar bu yuz beradigan bölsa, heç kim mintaqa va butun dunyoga yetadigan zararning oldini ololmaydi hamda buning oqibatlari önlab yillarga yetadi», — dedi u.

JST mintaqaviy direktorining aytişiça, taşkilot öz xodimlarini radiatsiyaviy holatlarda qanday harakatlaniş böyiça qayta öqitmoqda. Ekspertlar aholi uçun himoyalaniş çoralari böyiça tavsiyalar işlab çiqmoqda.

Mart oyi boşida Isroil harbiylari Tehrondagi bir neçta neft omboriga zarba bergan, zarbalardan söng yonğinlar yuz bergandi.

Uşbu zarbalardan keyin JST «qora yomğir» töğrisida ma’lumot olgan. Taşkilot vakili Kristian Lindmayyer aviazarbalar «havoga zaharli uglevodorodlar, oltingugurt oksidi va azot birikmalari tarqalişiga sabab bölgani»ni bildirdi. Bunday havodan nafas oliş boş oğriği, teri va közlarning zararlanişi hamda saraton rivojlanişi xavfi kuçayişiga olib keladi.