Bu format yildan yilga mustahkam an’anaga aylanib bormoqda. Agar ilk Sarhisob tadbirida 80 nafar investor qatnaşgan bölsa, ikkinçi uçraşuvda ularning soni qariyb 200 nafardan oşdi. Sarhisob—2025 esa eng yirik tadbir bölib, unda holdingning 300 nafardan ortiq investorlari iştirok etdi. Sarhisob uçraşuvlari investorlar uçun faqat yakuniy raqamlar bilan çeklanmaydi. Bu yerda kompaniya qaysi qarorlarni nima sababdan qabul qilgani, risklarni qanday boşqarayotgani, qaysi yönalişlarga asosiy e’tibor qaratayotgani muhokama qilinadi va kelajakda amalga oşiriş rejalaştirilayotgan loyihalar taqdim etiladi. IMAN Holding jamoasi fikriça, aynan şunday oçiqlik investorlar bilan uzoq muddatli işonçli munosabatni şakllantiradi va kompaniyaning umumiy barqarorligini oşiradi.

2025 yilning asosiy voqealari
2025 yil IMAN Holding uçun katta özgarişlar yili böldi. Kompaniya bir vaqtning özida brendni kuçaytiriş va ommalaştiriş, loyihalarni kengaytiriş va içki tuzilmani mustahkamlaş ustida iş olib bordi. Muhim qadamlardan biri, albatta, rebrending e’lon qilinişi, undan söng investitson va moliyaviy yeçimlarni özida jamlagan IMANUM raqamli platformasini işga tuşiriş böldi.
IMAN Kvadrat: köçmas mulkka investitsiya
Köçmas mulkka investitsiya yönalişi ham jadal rivojlandi. IMAN Kvadrat loyihasi doirasida kompaniya BI Group va Murad Buildings bilan hamkorlikda ikkita pilot loyihani muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Bu loyihalar tanlangan model töğri ekanini va investorlar tomonidan katta qiziqiş borligini körsatdi. Uşbu tajriba kelgusida loyihani kengaytiriş va real sektor investitsiyalarini köpaytiriş uçun mustahkam asos bölib xizmat qildi.
Kuzatuv kengaşi: Murad Nazarov va Xabibullo Ibragimov
Şu bilan birga, kompaniya boşqaruv tizimi ham kuçaytirildi. 2025 yilda investitsiya va biznes boşqaruvi böyiça katta tajribaga ega mustaqil mutaxassislar iştirokida Kuzatuv kengaşi taşkil etildi. Uning tarkibiga development sohasidagi taniqli tadbirkor Murad Nazarov hamda aktivlari 5 milliard AQŞ dollaridan ortiq bölgan Qatarning yetakçi islomiy investitsiya banklaridan biri — Lesha Bank katta vitse-prezidenti Xabibullo Ibragimov kirdilar. Bu qadam kompaniyaning strategik qarorlarni qabul qilişda institutsional baloğat hamda puxtalikka intilayotganini körsatadi.














