Kompaniya ma’lumotiga köra, mamlakatdagi ilk neo sifatida taqdim etilayotgan uşbu loyiha IMANUM 5.0 super ilovasining asosiy yangiliklaridan biri böladi.
"Adolat nuri" taqdimotida namoyiş etilgan IMANUM 5.0 platformasi xoldingning moliyaviy va investitsion xizmatlarini yagona ilovada birlaştiradi. Unda uçta asosiy yönaliş mavjud: Adl Neo, investitsiya xizmatlari hamda bölib tölaş xizmati.
Investitsiya bölimida savdo, köçmas mulk va daromad keltiruvçi biznes loyihalariga sarmoya kiritiş imkoniyati yaratilgan. Bölib tölaş xizmati esa mahsulotlarni muddatli tölov asosida xarid qiliş va avtonasiya xizmatlarini öz içiga oladi.

Fintek kompaniyasidan investitsion xoldinggaça
IMAN Holding 2019 yilda fintek kompaniyasi sifatida iş boşlagan. Bugungi kunda u fintek, investitsiya loyihalari va raqamli tölovlar yönalişlarida faoliyat yurituvçi investitsion xoldingga aylangan. Taşkilotning asosiy maqsadi jamiyatda investitsiya madaniyatini şakllantirişdan iborat.
Şu maqsadni amalga oşiriş uçun kompaniya Invest Nation ğoyasini ilgari surmoqda. Unga köra, insonlar daromadni nafaqat öz mehnati evaziga, balki turli loyihalarga kiritgan investitsiyalaridan ham olişi mumkin. Bunda investitsiya qiliş uçun boşlanğiç summa 100 ming sömdan boşlanadi.
Ta’kidlanişiça, bugungi kunda köpçilik yirik xaridlar yoki moliyaviy maqsadlarga kredit va qarz orqali erişişga odatlangan. IMAN Holding esa bunga muqobil yondaşuvni taklif qilmoqda. Bunda mablağni jamğariş, investitsiya qiliş va dividend hisobiga daromad oliş orqali kerakli mablağni tezroq yiğiş hamda moliyaviy maqsadlarga qarzlarsiz erişiş mumkin.

Invest-first: avval investitsiya, keyin iste’mol
IMANUM 5.0 konsepsiyasining asosiy ğoyalaridan biri Invest-first modeli hisoblanadi. Uşbu yondaşuv investitsiyani inson kundalik moliyaviy hayotining ajralmas qismiga aylantirişga qaratilgan.












