Ular özini «muammolarni hal qiluvçi yetakçilar» sifatida taniştirib, odamlarni qörqitib, uriş va döpposlaş orqali pul va boşqa moddiy boyliklarni tortib olgani ta’kidlanmoqda.

Toşkent şahri, Olmazor tumanida odamlardan qörqitiş va kuç işlatiş orqali pul undirib kelgan ösmirlar guruhi uşlandi, deb xabar berdi Içki işlar vazirligi.

Ma’lum bölişiça, muqaddam Jinoyat kodeksining öğrilik va bezorilik moddalari bilan sudlangan 18 yoşli yigit atrofiga tengdoşlarini töplab, uyuşgan guruh tuzgan. Ular özini «muammolarni hal qiluvçi yetakçilar» sifatida taniştirib, odamlarni qörqitib, uriş va döpposlaş orqali pul va boşqa moddiy boyliklarni tortib olgan.

Tergovgaça tekşiruv jarayonida aniqlanişiça, masalan, guruh 18 yoşli yigitdan muntazam ravişda, qörqitiş yöli bilan turli miqdorda pul undirib kelgan. Keyinçalik unga zöravonlik yöli bilan 14 ming dollar tölaş majburiyati yuklatilgan. Guruh mazkur mablağdan 2 ming dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari (Öta xavfli retsidivist tomonidan hamda uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatildi. Ular 5 yildan 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.