Özbekistonda qator mahalliy hokimliklar tomonidan «majburiy topşiriq» niqobi ostida xodimlarni majburiy mehnatga jalb eiş holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati.
Sönggi kunlarda ayrim mahalliy hokimlar tomonidan xodimlarni aholini röyxatdan ötkaziş tadbirlariga iş vaqtidan taşqari paytda majburan jalb etiş holatlari uçramoqda.
Inspeksiya xodimning roziligisiz, bosim, topşiriq yoki «majburiy topşiriq» niqobi ostida iş vaqtidan taşqari işlarga jalb etiş majburiy mehnat hisoblanişi va bu qonun buzilişi hisoblanişini ta’kidlagan.
Şu tufayli Buxoro şahri, Oltinköl, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga bu kabi holatlar yuzasidan ogohlantirişlar yuborildi. Andijon viloyati hokimligiga qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Inspeksiya, şuningdek, iş vaqtidan taşqari iş faqat xodimning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oşirilişi hamda buning uçun haq tölaş Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq majburiy ekanini bildirdi.
Iş vaqtidan taşqari iş uçun haq tölaş tartibi:
- bir kundagi dastlabki 2 soat – kamida 1,5 baravar;
- 2 soatdan ortiq – kamida 2 baravar;
- noqulay mehnat şaroitida – har bir soati uçun kamida 2 baravar.







