Ma’lum bölişiça, “Damas” transport vositasi tekşiruv paytida töxtatilgan. Haydovçi örnidan yoş bola tuşgani inspektorlarni hayratga solgan.

Bola söroq jarayonida özini ikkinçi sinfda öqişini aytgan va bunday holat boşqa takrorlanmasligini söragan. Şuningdek, avtomobilning orqa örindiqlarida uning sinfdoş qizlari ham bölgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. YHXB bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka, ularning xavfsizligi va tarbiyasiga e’tibor berişga çaqirgan.