Prezidentning 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, yubiley tadbirlari joriy yilda respublika böylab keng qamrovda ötkaziladi.

Qaror bilan har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinib, uning doirasida ta’lim muassasalari va mahallalarda temurşunos olimlar, yozuvçi va san’atkorlar iştirokida uçraşuvlar hamda badiiy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, 2030 yilgaça möljallangan “yöl xaritasi” tasdiqlanib, unda quyidagi yönalişlar belgilangan:

  • 9–10 aprel kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi örni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkaziş;
  • “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida çop etiş;
  • “Temuriylar davrining 100 nodir qölyozmasi” va “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratiş;
  • Temuriylar davri manbalari elektron platformasini işlab çiqiş.

Qarorda yubiley tadbirlariga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi ham tasdiqlangan.