2026 yil yanvarida Amerika qöşinlari Iroqning federal hududlarini şov-şuvsiz tark etdi. Faqat yarimavtonom Kurdiston viloyatida AQŞ harbiy bazasi saqlab qolindi. 20 yildan ortiq davom etgan bu uruş Yaqin Şarqni butunlay özgartirdi. Xöş, AQŞ aslida Iroqqa qanday maqsadda bostirib kirgan edi va yakunda nimaga erişdi? Bu tark etiş nega AQŞ–Eron ziddiyatining avj pallasida röy bermoqda?

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar AQŞning Iroqdan çiqişi ortidagi real sabablar xususida söz yuritadi.

— AQŞ Iroqqa bostirib kirişida nimani sabab qildi va bu öz tasdiğini topdimi?

Kamoliddin Rabbimov: 2001 yil 11 sentabr voqealaridan söng AQŞ Yaqin va Örta Şarq mintaqasini, ya’ni musulmon dunyosini tubdan özgartirişni özining asosiy strategik maqsadlaridan biri sifatida belgiladi. Şu siyosat doirasida 2001 yil oktyabr oyida Afğonistonga, 2003 yil mart oyida esa Iroqqa bostirib kirildi. Iroqqa bostirib kirişdan oldin AQŞ xalqaro huquq talab qiladigan BMT Xavfsizlik kengaşi ruxsatini olmadi va bu masalani ovozga ham qöymadi. Çunki Xavfsizlik kengaşi doimiy a’zolarining ayrimlari veto qöllaşini bilardi.

Şu sababli AQŞ huquqiy asos sifatida avvalroq qabul qilingan, xususan Iroqda ommaviy qirğin qurollari mavjud bölişi mumkinligi haqidagi gumonga tayangan 1441-sonli rezolyutsiyani keltirdi. Şu bilan birga, xalqaro ruxsat olinmagan bölsa-da, AQŞ hukumati içki qonunçiligiga muvofiq Kongressdan harbiy amaliyot uçun rozilik oldi.

AQŞ tomonidan ilgari surilgan asosiy da’vo şundan iborat ediki, Saddam Husayn yaşirin va noqonuniy tarzda ommaviy qirğin qurollari, jumladan yadroviy qurol işlab çiqarmoqda hamda bu qurollar global miqyosda katta falokatga olib kelişi mumkin. Şu sababli Saddam Husayn rejimi va uning qölidagi ehtimoliy yadroviy salohiyat yöq qilinişi kerakligi ta’kidlandi. Keyinçalik aniqlanişiça, uzoq yillar davom etgan xalqaro sanksiyalar va ilmiy-texnik imkoniyatlarning yetişmasligi sababli Iroq yadroviy qurol dasturidan amalda allaqaçon, ya’ni 1980-yillarning özida voz keçgan edi. Şunga qaramay, Jorj Buş va uning vitse-prezidenti Dik Çeyni ayrim mustaqil tadqiqotçilar, tahliliy markazlar va davlat institutlariga siyosiy bosim ötkazgani haqidagi ma’lumotlar mavjud. Mazkur bosimning mohiyati şundan iborat ediki, Iroqqa harbiy aralaşuv baribir amalga oşiriladi, buning uçun esa Saddam Husaynda ommaviy qirğin qurollari mavjud degan da’voni asoslab beriş talab qilingan. Bu jarayonda haqiqatni aniqlaş emas, balki allaqaçon qabul qilingan siyosiy qarorni oqlaş ustuvor bölgan.