Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Pokiston strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning amaliy jihatlari atrofliça muhokama qilindi.
Sönggi yillarda özaro aloqalar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Siyosiy muloqot mustahkamlanib, parlamentlararo va idoralararo almaşinuvlar jadal rivojlanmoqda.

Ötgan yil yakunlariga köra özaro savdo hajmi salkam 500 million dollarga yetdi. Özbekistonda Pokiston kapitali iştirokidagi 230 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlar köpaydi. Banklararo korrespondentlik munosabatlari mustahkamlanmoqda. Töqimaçilik, farmatsevtika, kimyo, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Tomonlar uşbu taşrif arafasida ötkazilgan siyosiy maslahatlaşuvlar va Hukumatlararo komissiya yiğilişining natijalarini olqişladi. Taşrif doirasida Özbekiston sanoat mahsulotlarining körgazmasi ötkazilmoqda.
Ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari Muvofiqlaştiruvçi qömitasining birinçi yiğilişini yaqin kunlarda Toşkentda ötkaziş zarurligi ta’kidlandi.
Işbilarmon doiralar örtasida uzoq muddatli hamkorlik örnatiş maqsadida Özbekiston – Pokiston Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Yaqin kelajakda özaro tovar ayirboşlaşni 2 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. Amaldagi Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar turini, şuningdek, Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun fitosanitariya ruxsatnomalari röyxatini yanada kengaytiriş hamda Özbekistonning Lahor va Karaçidagi savdo uylaridan faol foydalaniş töğrisida qarorlar qabul qilindi.
Taşrifga tayyorgarlik doirasida qişloq xöjaligi, elektrotexnika, geologiya, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş va boşqa sohalarda qariyb 3,5 milliard dollarlik loyihalar portfeli şakllantirildi.
Transport va logistika aloqalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Transafğon temir yöli loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş va “Pokiston–Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston” transport yölagini rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.













