Raqobat qömitasi ma’lum qilişiça, 2025 yil davomida köp kvartirali uylardan xonadon xaridi böyiça 1 700 dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Ularning 76 foizi ijobiy hal etilgan bölib, natijada 22,1 mlrd söm iste’molçilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Murojaatlarning asosiy qismi uylarning ta’mir sifati (42,9 foiz) va kommunikatsiya tarmoqlari (40,8 foiz) bilan boğliq bölgan. Şuningdek, 16,3 foiz holatda uylarni belgilangan muddatda topşirilmasligi böyiça e’tirozlar qayd etilgan.
Qömita tomonidan 130 ga yaqin “quruvçi–iste’molçi” şartnomalari örganilganda, köpgina şartnomalarda qayta hisob-kitob mexanizmi, obektni topşiriş muddati, keçiktiriş uçun penya, kafolat muddati va nuqsonlarni bartaraf etiş majburiyatlari aniq belgilab qöyilmagani ma’lum qilindi.
Şartnomani bekor qiliş masalasida ham kamçiliklar kuzatilgan: ayrim holatlarda şartlarda asosan quruvçi manfaati közda tutilgani qayd etilgan. Xususan, şartnoma bekor qilinganda xaridorga tölovni qaytariş muddatlari asossiz ravişda 30–180 kun emas, balki 24–36 oygaça etib belgilangan holatlar aniqlangan.
Bundan taşqari, ayrim şartnomalar “agent” yoki “tijorat vakili” orqali rasmiylaştirilib, qurilişga mas’ul quruvçi tomonidan şartnoma imzolanmagan holatlar ham uçragani aytildi. Qayd etilişiça, bunday kamçiliklar iste’molçilar huquqlarining buzilişiga olib kelişi va majburiyatini bajarmagan quruvçiga nisbatan huquqiy javobgarlik masalasini murakkablaştirişi mumkin.
Şuningdek, qömita 120 ta turar joy majmuasi böyiça reklama holatlarini örganib, ruxsat hujjatlarisiz va elektron röyxatga kiritilmagan ayrim obektlar reklama qilinganini aniqlagan. Natijada quriliş kompaniyalari va reklama beruvçilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qöllanilib, qonunbuzilişlarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berilgan. OAV va reklama agentliklariga esa ruxsat hujjatlariga ega bölmagan obektlarni reklama qilmaslik yuzasidan ogohlantiriş xatlari yuborilgan.
Ma’lum qilinişiça, tahlillar asosida işlab çiqilgan takliflar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda sohani nazorat qiliş inspeksiyalariga taqdim etilgan.
Raqobat qömitasi fuqarolarga xonadon xarid qilişda şartnoma şartlari bilan töliq tanişiş, reklamada keltirilgan ma’lumotlarni esa elektron röyxat va “Şaffof quriliş” tizimi orqali oçiq manbalardan tekşirib körişni tavsiya qildi.








